Podkastimiz intervyu yoki ma’ruza emas. Bu turli qarashlarning uchrashuvidir: biznes tajriba almashadi, o‘qituvchilar va talabalar esa nazariya haqiqatda qanday ishlashini va kasbni ishonch bilan boshlash uchun qanday ko‘nikmalar kerakligini sinab ko‘radilar.
Biz bilan efirda:
🎓 Sergey Rivkin — Uzum kompaniyasining xavf-xatarlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
💼 Abdulaziz Djalilov — NewUU moliya fanlari professori
Podkastning birinchi qismida fintechda xavf-xatarlarni boshqarish masalalari muhokama qilindi:
▫️Nima uchun risk har doim ham yomon emas va usiz biznes omon qolmaydi.
▫️O‘zbekistonda fintex kompaniyalarining qanday xavf-xatarlari mavjud?
▫️Uzum muddatli to‘lov limitini qanday belgilaydi
▫️Nima uchun moliyaviy gigiyena darajasining pastligi kredit biznesi uchun qiyinchilik tug‘diradi.
▫️Firibgarlarga qarshi qanday kurashish va mijozlarni himoya qilish mumkin.
Ko‘rsatuvni havola orqali tomosha qiling va fintech sahnasi ortiga nazar tashlang 🚀
YESU Uz bilan birgalikda qo‘shma podkastni ishga tushirdik
22.08.2025