Biz uchun bu mukofotdan ham ortiqroqdir. Bu texnologiyalar, mahalliy infratuzilma va millionlab foydalanuvchilar uchun qulaylik haqiqatan ham ishlayotganining tasdig‘idir. Biz odamlarning kundalik hayotining bir qismiga aylanib borayotgan bankni rivojlantirmoqdamiz — ilovadagi kartadan tortib biznes uchun muddatli to‘lovlar, pul o‘tkazmalari va QR-to‘lovlargacha.
Xalqaro Euromoney jurnali mukofotini 70 dan ortiq mamlakatdagi moliya, bank ishi va investitsiya sohasidagi yetakchi o‘yinchilar qo‘lga kiritadi. Endi ular orasida Uzum Bank ham bor. Biz mamlakatimiz sharafini eng yaxshilar qatorida himoya qilayotganimizdan faxrlanamiz.
🏆 Biz bilan bo‘lgan har bir kishiga minnatdorchilik bildiramiz — bu bizning umumiy g‘alabamizdir. Fintexni qulay, sodda va haqiqatan ham kerakli qilishda davom etamiz.
Uzum Bank — eng yaxshi raqamli bank, Euromoney Awards 2025 mukofoti
18.07.2025