Uzum People

Uzum logotipi

Katta yangiliklar! Yangi investitsiya raundi va oshgan bahoimiz

05.08.2025

Uzum ekotizimi Xitoyning Tencent texnologik giganti va VR Capital xalqaro investitsiya fondining investitsiyalarini jalb qilgan O‘zbekistondagi birinchi IT-kompaniya bo‘ldi. Raundda FinSight Ventures investorlarimiz ham ishtirok etishdi.

⚡️Biz $70 million jalb qildik, mablag‘ jalb qilingandan so‘ng Uzumning yakuniy bahosi taxminan $1,5 milliardni tashkil etdi!

Jalb etilgan mablag‘lar ekotizimning o‘z fintech infratuzilmasini rivojlantirish, mahsulotlar qatorini kengaytirish, raqamli e-commerce yechimlarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, tadbirkorlar va millionlab xususiy foydalanuvchilar uchun qulay va texnologik servislarni rivojlantirishni davom ettiramiz — har oyda mamlakatning yarmi Uzum mahsulotlaridan foydalanadi va biz o‘sishda davom etamiz.

Dunyoning yetakchi IT-kompaniyalari va fondlari milliy raqamli ekotizimni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda mamlakatimizning ulkan istiqbollarini e’tirof etayotganidan mamnunmiz!