Uzum People

Uzum logotipi

Fitch Uzum ekotizimiga ijobiy prognoz bilan "B" reytingini berdi

14.07.2025

Uzum Fitch Ratings'ning birinchi xalqaro kredit reytingiga ega. Biz ijobiy prognoz bilan "B" reytingini oldik.

Bu nima uchun muhim? Chunki mustaqil xalqaro baholash biz maqsadli ravishda intilayotgan narsani tasdiqladi: fintech va e-commerce yo‘nalishlarida kuchli o‘rinlar, barqaror o‘sish, puxta o‘ylangan ekotizim hamda foydalanuvchilar va hamkorlar tomonidan yuqori darajadagi ishonch.

Ijobiy prognoz — bu biznesni qanday qurishimizga va qaysi bozorda o‘sishimizga bo‘lgan ishonchning avansidir: yosh, raqamli, faol aholi, o‘zgarayotgan iqtisodiyot va allaqachon biz bilan bo‘lgan millionlab foydalanuvchilar.

Biz o‘sishda davom etamiz va qo‘limizdan kelganini qilamiz — qulay va kerakli xizmatlarni yaratamiz. Endi — xalqaro kredit radari ostida.