9-12 iyun kunlari Toshkentda biznes, investorlar va davlat o‘rtasidagi muloqot uchun mintaqadagi asosiy tadbirlardan biri bo‘lgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi (https://t.me/uzum_pressoffice/202) (TIIF) bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda ishtirok etish va bugungi kunda mamlakatning millionlab aholisining kundalik hayotini o‘zgartirayotgan raqamli ekotizimni yaratish bo‘yicha tajribamiz bilan o‘rtoqlashish biz uchun katta mamnuniyat bag‘ishladi.
TIIF, shuningdek, an’anaviy ravishda nafaqat mamlakatning iqtisodiy o‘sishi, balki Uzum'ning bu jarayonga qo‘shgan hissasi haqida gapirgan xalqaro ommaviy axborot vositalarining jiddiy qiziqishiga sabab bo‘ldi.
🗣Reuters (https://www.reuters.com/plus/uzbekistans-transformation-in-spotlight-with-major-investment-forum-showcasing-opportunity) maqolasida sakkiz yillik islohotlar davomida Yevroosiyoning iqtisodiy dvigateliga aylangan O‘zbekistonning transformatsiyasi haqida so‘z boradi: 2024-yilda xorijiy investitsiyalar oqimi 60% dan ko‘proqqa o‘sib, 34,9 milliard dollarga yetdi. Ushbu o‘sishni ta’kidlovchi muvaffaqiyatli misollar orasida Uzum ham bor — u e-commerce, fintech va bank xizmatlarining rivojlanishi tufayli mamlakatning iqtisodiy manzarasini o‘zgartirayotgan birinchi o‘zbek texnologik "yakkashox" deb takidlanadi.
🗣Uzum asoschisi va CEO Djasur Djumayev CGTN (https://m.youtube.com/watch?t=377&v=jqxSopqClv8&feature=youtu.be) telekanaliga bergan intervyusida O‘zbekistonning yosh va texnologik jihatdan yetuk aholisi e-commerce talabni qanday shakllantirayotgani va innovatsiyalarni qanday rag‘batlantirayotgani haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, Djasur Xitoy bilan logistika va savdo aloqalarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi — uning so‘zlariga ko‘ra, yetkazib berish tezligi bozor muvaffaqiyatining asosiy omiliga aylanmoqda.
🗣Uzum hammuassisi va strategiya va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Nikolay Seleznyov CNN (https://edition.cnn.com/2025/06/16/Tv/video/uzum-cofounder-on-how-his-company-offers-digital-solutions-to-its-17-million-monthly-users) telekanaliga bergan intervyusida Uzum qanday qilib O‘zbekiston raqamli transformatsiyasining asosiy elementiga aylangani haqida so‘zlab berdi. U mamlakat raqamli iqtisodiyotining jadal rivojlanishi, bozor landshaftining o‘zgarishi va Uzum'ning kelajakni shakllantirishdagi roli haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
🗣Indiplomacy (https://indiplomacy.com/2025/06/11/uzum-and-global-leaders-spotlight-uzbekistans-digital-and-investment-renaissance-at-tiif-2025/) dagi maqola forum davomida bir qator panel muhokamalarini yoritib berdi.Djasur Djumayev investitsiyalarni jalb qilish va mamlakatni rivojlantirish uchun raqamli transformatsiya muhimligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Kevin Xanda, Uzum CTO va CPO o‘z nutqida nafaqat texnologiyalarga, balki O‘zbekistonning yosh mutaxassislarini tayyorlashga ham sarmoya kiritish zarurligiga e’tibor qaratdi.
🗣Doha News (https://www.youtube.com/shorts/ZwEtG79ZzqY) telekanaliga Nikolay Seleznyov global investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgani haqida so‘zlab berdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyoti faol rivojlanmoqda, ecommerce esa eng tez rivojlanayotgan segmentlardan biridir.
🗣Nikolay Seleznyov The Korea Herald (https://www.koreaherald.com/article/10521179) gazetasiga bergan intervyusida jahon texnologik gigantlarining tajribasini O‘zbekiston bozorini o‘zgartirish uchun qanday moslashtirayotganimizni tushuntirdi.
TIIF 2025: Uzum O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni o‘zgartirmoqda
02.07.2025