Aynan qiziquvchanlik va yangi bilimlarga intilish kelajakka yo‘l ochishiga ishonamiz va ko‘plab yosh iste’dodlar hayotni yaxshi tomonga o‘zgartiradigan g‘oyalarni amalga oshira olishiga ishonamiz. Shu bois, yoshligidan ilm-fan, muhandislik va texnologiya sohasida o‘zini sinab ko‘rayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash biz uchun ayniqsa muhimdir.
Avgust oyi oxirida "Yosh muhandis" tanlovi g‘oliblari Yevropadagi eng yirik va dunyodagi beshta yetakchilardan biri bo‘lgan Guhem xalqaro kosmik markazida bir hafta bo‘lishdi. Safar biz Uzcosmos bilan hamkorlikda va Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida tashkil etgan tanlovning bosh sovrini bo‘ldi.
"Eng kreativ loyiha" nominatsiyasida ikkita loyiha oromgohga yo‘llanma oldi: "Millat umidi" xususiy maktabi o‘quvchisi Javdat Xudanovning Smart house va Sehriyo xususiy maktabi o‘quvchisi Amir Soipov tomonidan yaratilgan Orbit clear.
Tanlov 25-fevral (https://t.me/uzum_pressoffice/176) kuni start olgan. 12 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan 133 ta maktab o‘quvchilari va talabalar jamoasi 150 dan ortiq muhandislik ishlanmalarini taqdim etdi. Finalga 28 ta jamoa chiqdi va 10-may kuni biz Uzcosmos bilan birgalikda g‘oliblarni taqdirladik. (https://t.me/uzum_pressoffice/191)
"Yosh muhandis" tanlovi g‘oliblari Guhem kosmik markazida bo‘lishdi
12.09.2025