Uzum People

Uzum logotipi

Uzum O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy hamkoriga aylandi

16.09.2025

Biz terma jamoamizga muxlislik qilamiz, uning g‘alabalari bilan faxrlanamiz va mamlakat futboli rivojiga hissa qo‘shayotganimizdan xursandmiz. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (https://t.me/FAUzbekistan)(O'FA) bilan birgalikda milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishi va butun mamlakat bo‘ylab futbolni rivojlantirishga qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz uchun sportga shunchaki yordam berish emas, balki iqtidorli bolalar o‘sishi, amaldagi chempionlar esa yangi g‘alabalar uchun resurslar olishi uchun sharoit yaratish muhimdir.

Bugungi kunda futbol assotsiatsiyasi qoshida 14 ta hududiy tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda, 12 mingdan ortiq futbolchi bolalar va o‘smirlar jamoalarida shug‘ullanmoqda, milliy terma jamoa esa xalqaro maydonda — Osiyo kubogidan tortib Olimpiya saralashlari va Jahon chempionatlarigacha O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda.

Futbolni qo‘llab-quvvatlashni kelajakka investitsiya deb bilamiz. Maqsadimiz — futbolni millionlab o‘zbekistonliklarning kundalik hayotining bir qismiga aylantirish.
Infratuzilmani rivojlantirish, o‘yinchilar va muxlislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish orqali biz Futbol Assotsiatsiyasi bilan birgalikda yangi g‘alabalar va yorqin sport tarixlari uchun poydevor yaratmoqdamiz ⚽️