Uzum'da biz har kuni o‘qish kerakligiga ishonamiz. Bizning ustozlarimiz nafaqat hamkasblarimiz, balki hamkorlarimiz, biz bilan birgalikda biznes qurayotgan tadbirkorlar va servislarimizni tanlaydigan millionlab foydalanuvchilardir. Har bir kun bizga yangi tajriba va oldinga intilish uchun ilhom baxsh etadi.
Bugun biz bilan bilim va tajriba almashayotgan, har kuni o‘sishimizga va o‘rganishimizga yordam berayotgan har bir kishiga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Har birimizning dono ustozimiz va, albatta, ishonchli jamoamiz bo‘lsin!
O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin ✨
Bizni yangi marralar sari intilishga ilhomlantirganlarni tabriklaymiz!
06.10.2025