Uzum People

Uzum logotipi

Uzum ICTWeek Uzbekistan 2025'da

19.09.2025

Biz ketma-ket ikkinchi yil mamlakatning asosiy IT-voqeasi — O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini (https://www.ictweek.uz/oz) (https://www.ictweek.uz/ru)qo‘llab-quvvatlayapmiz. Bu yil biz ICTWeek'ga bosh homiylik qilmoqdamiz.

Biz uchun bu hamkor maqomidan ko‘ra muhimroq. Ishonchimiz komilki, raqamli texnologiyalar hamma uchun ochiq bo‘lishi kerak va bunday tadbirlar tajriba almashish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish va raqamli iqtisodiyot uchun mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlashga yordam beradi.

🟣Ochilish marosimida Uzum ekotizimi bosh direktori va asoschisi Djasur Djumayev ishtirok etadi.

🟣DataVolt tomonidan o‘tkazilayotgan forum doirasida Uzum hammuassisi va operatsion direktori Roman Lavrentyev "Infratuzilmani qayta ko‘rib chiqish: raqamli tezlashtirish dvigateli sifatida kolokatsiya" panel muhokamasida ishtirok etadi.

🟣Xuddi shu forum doirasida Uzum СТО va СРО Kevin Xanda, "Sun’iy intellekt infratuzilmadan boshlanadi — nima uchun mahalliy quvvatlar sun’iy intellektni keng miqyosda rivojlantirishning kaliti hisoblanadi" mavzusida munozara o‘tkazadi. Ushbu munozarada Uzum mehmonlari DataVolt kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Anil Vijayachandran va maxsus taklif etilgan spiker — Microsoft AI kompaniyasining auditorlik e-com reklamasi bo‘yicha direktori Yelena Kunakova bo‘ladi.

🟣Uzum hammuassisi va operatsion direktori Roman Lavrentyev Huawei tomonidan tashkil etilayotgan forum doirasida O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli ekotizimning o‘rni haqida so‘zlab beradi, shuningdek, "Raqamli iqtisodiyotni jadallashtirish" mavzusidagi panel muhokamasida ishtirok etadi.

🟣HRD Uzum E-com kompaniyasi xodimi Vera Dianova yosh mutaxassislarni tayyorlashda texnologik kompaniyalarning o‘rni haqida so‘zlab beradi.