Uzum People

Uzum logotipi

Milliy HealthTech AI Hackathon Nukusda Uzum homiyligida start oldi

08.10.2025

Nukusda 2025-yil oktyabridan 2026-yil dekabrigacha mamlakatning barcha hududlarida o‘tkaziladigan va 2026-yil dekabr oyida Toshkentda yakunlanadigan keng ko‘lamli loyiha — HealthTech AI Hackathonning birinchi bosqichi yakunlandi.

HealthTech AI Hackathon 26 ta jamoadan iborat 100 dan ortiq ishtirokchilarni — IT va tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari, dasturchilar, shifokorlar hamda texnologiyalar va tibbiyot tutashgan nuqtada yechimlar yaratuvchi mutaxassislarni birlashtirdi. Ishtirokchilar raqamli sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, tadbirkorlik va davlat xizmatlari sohasidagi loyihalarni taqdim etdilar.

Biz Uzum tashabbusning hamkori bo‘lganidan faxrlanamiz: biz loyihani boshidanoq qo‘llab-quvvatladik, hamkasblarimiz esa ishtirokchilar uchun spiker va mentor sifatida ko‘maklashdilar. Biz kelajak mahsulotlarini yaratayotgan va mamlakatning raqamli iqtisodiyotini oldinga siljitayotgan yosh mutaxassislarga yordam berishga intilamiz.

Nukusdagi birinchi bosqich kuchli start berdi — oldinda yana 13 ta hudud va butun mamlakatning eng yaxshi jamoalari o‘z yechimlarini taqdim etadigan Toshkentdagi final bor. Ishonchimiz komilki, bunday tashabbuslar jamiyat farovonligi yo‘lida texnologiyalarni rivojlantiruvchi mutaxassislarning yangi avlodini o‘stirishga xizmat qiladi.