Uzum People

Uzum logotipi

Uzum AJ "O‘zbekiston pochtasi" rivojiga sarmoya kiritishga tayyor

13.10.2025

Milliy raqamli ekotizim milliy pochta operatori bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda, buning natijasida mamlakatning millionlab aholisi hatto kichik aholi punktlarida ham keng turdagi tovarlarni buyurtma qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uzum Market mamlakatning eng yirik onlayn platformasi sifatida allaqachon 650 dan ortiq buyurtma topshirish punktlarini ochgan, shuningdek, UzPost’ning IT va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga faol sarmoya kiritmoqda. Kompaniya infratuzilmani modernizatsiya qilish, logistika va bo‘limlar tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, "O‘zbekiston pochtasi" AJda eng zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishga qaratilgan loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor.

— Butun dunyoda aynan elektron tijorat milliy pochta operatorlarining drayveri va asosiy hamkoriga aylanmoqda va biz bu tajribani O‘zbekistonga olib kelishga tayyormiz, — deydi Djasur Djumayev, Uzum asoschisi va bosh direktori. — Pochta biz uchun uzoq vaqtdan beri strategik hamkor bo‘lib kelgan, 2026-yilda biz buyurtma topshirish bo‘yicha hamkor punktlar sonini butun mamlakat bo‘ylab 1000 dan ortiqga, pochta infratuzilmasi yordamida yetkazib berilgan buyurtmalar sonini esa Uzum Market bilan umumiy buyurtmalar sonining 10 foizigacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz. Bu millionlab jo‘natmalar va minglab yangi ish o‘rinlari bo‘lib, ularni yaratishga Uzum mamlakatning yetakchi raqamli platformasi sifatida sarmoya kiritishga tayyor. Kelgusi 3-4 yil ichida biz mamlakatga 1,5 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritishni rejalashtirmoqdamiz va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan "O‘zbekiston pochtasi" AJ bilan hamkorlikda amalga oshirish ustuvor vazifalarimizdan biridir.