Uzum People

Uzum logotipi

Uzum "Yangi O‘zbekiston: katta imkoniyatlar mamlakati" roud-shousida

27.10.2025

14-oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan investitsion roud-shouda ishtirok etishdi. Rothschild & Co tomonidan tashkil etilgan tadbirni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Forumda xalqaro investitsiya hamjamiyati, O‘zbekistonning davlat tuzilmalari va biznes vakillari ishtirok etdi. Uzum hammuassisi va biznesni rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha direktori Nikolay Seleznyov raqamli ekotizimlar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qanday hissa qo‘shayotgani haqida so‘zlab berdi.

Bunday tashabbuslarda ishtirok etish O‘zbekistonni global investorlar hamjamiyatiga tanishtirish, jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotning salohiyatini ko‘rsatish va rivojlanishning asosiy yo‘nalishlariga strategik investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatidir. Bunday platformalar bozorga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi va O‘zbekistonni dunyoga jadal va istiqbolli mamlakat sifatida namoyon etadi. Biz ushbu jarayonning bir qismi ekanligimizdan mamnunmiz.