Bu biz uchun shunchaki e’tirof emas, balki O‘zbekistonda yaratayotgan raqamli yechimlarimiz jahon darajasiga mos ekanligining isbotidir. Biz zamonaviy xarid qilish va to‘lov vositalaridan hamma foydalana olishi uchun fintech, e-commerce va logistikani o‘z ichiga olgan ekotizimni barpo etmoqdamiz. Bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab 3 milliondan ortiq Uzum Bank kartalari ishlatilmoqda. Uzum Bank va Uzum Nasiya yordamida millionlab o‘zbekistonliklar pul o‘tkazmalarini amalga oshirmoqda, xaridlar uchun to‘lovlarni bajarmoqda, omonatlar ochmoqda, mablag‘larini boshqarmoqda va o‘z bizneslarini rivojlantirmoqda.
Biz jamoamiz bilan faxrlanamiz va xizmatlarimizning har bir foydalanuvchisiga bildirilgan ishonch uchun minnatdormiz. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish insonlar, tadbirkorlik va butun mamlakat uchun yangi imkoniyatlar sari yo‘l ekanligiga ishonamiz.
Uzum has been included in the global Fintech 100 ranking by CB Insights — a list of the world’s 100 most promising fintech companies shaping the future of the industry.
Uzum CB Insights'ning Fintech 100 xalqaro reytingiga
27.10.2025

