Uzum People

Uzum logotipi
  • news

Uzum — mamlakatning eng jozibador IT-ish beruvchilari qatorida

18.11.2025

O‘tgan hafta Ekopsi konsalting kompaniyasi IT Park Uzbekistan ko‘magida O‘zbekistonning IT-sohasidagi mehnat bozori haqida tadqiqot e’lon qildi. Tadqiqot doirasida mamlakatning eng jozibador ish beruvchilari ro‘yxati tuzildi va Uzum ham bu ro‘yxatga kiritildi.

Bu biz uchun shunchaki reytingdagi o‘rin emas. Bu Uzum'ning 12 000 dan ortiq xodimi birgalikdagi mehnati bilan mamlakatning raqamli manzarasini chindan ham o‘zgartirayotganining isbotidir. Biz bozor bilan birga o‘sib bormoqdamiz, iste’dodlarga sarmoya kiritmoqdamiz va mutaxassislarga tezroq hamda ishonchliroq rivojlanishga yordam beradigan imkoniyatlar yaratmoqdamiz.

Ayniqsa, mutaxassislarning iqtidorli yoshlarning tezkor rivojlanishini ta’minlaydigan, jamoalar samaradorligini oshiradigan va O‘zbekistonning butun IT-sohasi o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan ta’lim tashabbuslarini alohida ta’kidlaganlari juda qadrlidir.

Biz o‘z ta’lim IT-loyihalarimizga ham, professional hamjamiyatni rivojlantirishga ham tizimli ravishda sarmoya kiritmoqdamiz. Texnologiyalar sohasida karyera qurmoqchi bo‘lgan barcha uchun teng imkoniyatlar yaratib, sanoat poydevorini mustahkamlamoqdamiz.

Jamoamiz bilan faxrlanamiz va Uzum'ni ishlash va o‘sishni xohlagan joyga aylantirgan har bir kishiga minnatdorchilik bildirmoqdamiz💜