Uzum People

Uzum logotipi
  • Mijozlarga xizmat
  • Uzum Bank

Yangi boshlovchi mutaxassis

Toshkent • Ofis • Tajribasiz

Uzum Bank Kontakt markaziga xodimlar izlayapti!

Zamonaviy va tez rivojlanayotgan kompaniyada karyerani boshlamoqchimisiz?
Yoki mehnatingiz qadrlanadigan, rivojlanish va munosib maosh beriladigan ish izlayapsizmi?
Unda Uzum Bank jamoasiga qo‘shiling — biz aynan sizni izlayapmiz!

Siz nimalarni qilasiz:

  • Mijozlar bilan qo‘ng‘iroqlar, chatlar va messenjerlar orqali muloqot qilasiz;

  • Bank xizmatlarini tushunishga yordam berasiz va ularning savollariga javob topasiz;

  • Bank tizimlarida murojaatlarni qayd etasiz;

  • Eng asosiysi — e’tiborli, xushmuomala bo‘lish va xizmatni samimiyat bilan ko‘rsatish.

Sizdan talab qilinadi:

  • Rus va o‘zbek tillarida ravon gapirish va yozish qobiliyati;

  • Kompyuterda ishlash bo‘yicha asosiy ko‘nikmalar;

  • O‘rganishga va rivojlanishga tayyorlik;

  • Stressli vaziyatlarda xotirjamlikni saqlay olish;

  • Kol-markazdagi tajriba — afzal, lekin majburiy emas.

Biz nima beramiz:

  • O‘zbekiston Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiy ish;

  • To‘liq haq to‘lanadigan o‘quv dasturi va murabbiy yordami;

  • To‘lanadigan o‘quv ta’tili;

  • Ishdan ortiq soatlar 1.5 baravar ko‘paytirib to‘lanadi;

  • Tunki smenalardan keyin taksi — kompaniya hisobidan;

  • Karyerada o‘sish imkoniyati: nafaqat Kontakt markazida, balki Uzum Bank’ning boshqa bo‘limlarida ham (IT, HR, marketing — bularning barchasi real!);

  • Ofisda dam olish zonasi: PlayStation, sneklar va ichimliklar;

  • Sport va harakat: turnirlar, kiberport, yugurishlar, futbol;

  • Jonli, do‘stona jamoa — toksiklik va rasmiyatchiliksiz.

Bu yerda siz shunchaki operator emassiz.
Siz — O‘zbekiston bank tizimini o‘zgartirayotgan katta jamoaning bir qismisiz.

Biz ishini sidqidildan qiladigan insonlarni qadrlaymiz.
Uzum Bank — ish zavq va istiqbol keltiradigan maskan.

Qo‘shilmoqchimisiz? Unda kechiktirmang — biz aynan sizni kutyapmiz!
Murojaat qoldiring yoki telefon orqali bog‘laning.



Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000