Hamkorlarni rivojlantirish bo‘yicha menejer (KAM)
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Biz platformada hamkorlarni kuzatib boradigan va ularning o‘sishiga yordam beradigan sellerlarni rivojlantirish bo‘yicha menejer qidirmoqdamiz. Lavozimning asosiy vazifasi — ko‘rsatkichlar bilan tizimli ishlash va muntazam kommunikatsiya orqali sellerlarning aylanmasi va assortimentini rivojlantirish.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Hamkorlar bilan muntazam kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish va uni qo‘llab-quvvatlash;
Onlayn va oflayn uchrashuvlarni rejalashtirish va o‘tkazish;
Sellerlarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va kelishish;
Hamkorlar ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va o‘sish nuqtalarini aniqlash;
Aylanma va assortiment bo‘yicha rejalarning bajarilishini nazorat qilish;
Ichki uchrashuvlarda qatnashish va turdosh jamoalar bilan hamkorlik qilish;
Sellerlarga assortimentni kengaytirish va savdo hajmini oshirish bo‘yicha maslahat berish;
Hamkorlar aylanmasini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish va amalga oshirish;
Biz uchun muhim:
B2B savdo sohasida tajriba;
Hamkorlarni kuzatib borish va rivojlantirish tajribasi;
Rus va o‘zbek tillarini so‘zlashuv darajasida bilish;
Muzokara olib borish va uzoq muddatli munosabatlar qurish ko‘nikmalari;
Tahliliy fikrlash va ko‘rsatkichlar bilan ishlash qobiliyati;
Excel’ni bilish (jadval bilan ishlash, bazaviy formulalar, ma’lumotlarni tahlil qilish);
Natijaga yo‘naltirilganlik va rejalarni bajarish uchun mas’uliyat;
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
Marketpleys yoki e-commerce’da ish tajribasi;
Assortimentni shakllantirish tamoyillarini tushunish;
CRM tizimlari bilan ishlash tajribasi;
Prezentatsiya va hisobotlar tayyorlash ko‘nikmalari;
Biz nima taklif qilamiz:
Toshkent markazida qulay ofis;
Karyeraviy rivojlanish — haqiqatan ham cheksiz o‘sish imkoniyatlari;
Yetakchi kompaniyalar darajasida raqobatbardosh maosh;
Noyob madaniyat — startup ruhini saqlagan holda yetuk jarayonlar;
Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash;
Dress-kod yo‘qligi va minimal byurokratiya;