Moliyaviy tahlilchi
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Nimalar qilish kerak bo‘ladi:
Prognozlashtirish va tahlil qilish uchun moliyaviy modellarni ishlab chiqish va takomillashtirish;
Byudjet jarayonining barcha bosqichlarida ishtirok etish: rejalarni shakllantirishdan tortib, ularning bajarilishini nazorat qilishgacha;
Moliyaviy masalalar bo‘yicha biznes bo‘linmalarining hamkori sifatida ishlash;
Rahbariyat uchun tahliliy hisobotlarni tayyorlash, shu jumladan asosiy ko‘rsatkichlarni baholash va og‘ishlarni tahlil qilish;
Strategik qarorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ssenariy tahlilini o‘tkazish;
Loyihalar va biznes tashabbuslarining iqtisodiy samaradorligini baholash.
Biz uchun nima muhim:
FP&A / moliyaviy tahlil sohasida 3 yildan ortiq tajriba
Moliyaviy modellar bilan aniq ishlash va byudjetlashtirishni tushunish
Kuchli tahliliy va tanqidiy fikrlash
Ustuvorliklarni belgilash, vaqtni boshqarish va muloqot qilish ko‘nikmalari
Moslashuvchanlik
Excel’ni puxta bilish, SQL va BI vositalari (Power BI / Tableau / Superset) bilan ishlash;
Moliyaviy va boshqaruv hisobini bilish
Afzallik bo‘ladi:
Big-4 yoki yirik texnologik kompaniyalarda ish tajribasi;
ACCA, CIMA kabi professional sertifikatlar mavjudligi.
Biz nimalarni taklif qilamiz:
Professionallar jamoasida murakkab vazifalarni hal qilish imkoniyati;
Mamlakatdagi birinchi tex yakkashoxning moliyaviy strategiyasiga bevosita ta’sir qilish;
Raqobatbardosh ish haqi — top kompaniyalar darajasida to‘laymiz;
Karera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
Hamkorlardan chegirma dasturlari
Dress-kod va byurokratiyasiz madaniyat