Collection yo‘nalishi bo‘yicha hudud rahbari
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Uzum — O‘zbekistondagi biznes, online shopping, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni birlashtirgan raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan noyob kompaniya.
Uzum Fintech — O‘zbekistondagi birinchi “yakkashox” kompaniya va milliy Uzum ekotizimining fintech yo‘nalishi bo‘lib, uning servislaridan har oy 12 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.
Hozirda Uzum Fintech mamlakatdagi millionlab foydalanuvchilar va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun texnologik moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bo‘linma Uzum Bank internet-banki, Uzum Nasiya BNPL xizmati va Uzum Avto onlayn avtomobil savdo platformasini o‘z ichiga oladi.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Hududda qarzdorlikni undirish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish;
Kollektorlar jamoasini boshqarish;
Undirish bo‘yicha rejalarni bajarish;
MIB va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Ish samaradorligini tahlil qilish va uni yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish;
Biz uchun muhim:
Collection yo‘nalishida ish tajribasi (majburiy);
Qarzdorlikni undirish jarayonlarini, jumladan hard collection va legal collection bosqichlarini tushunish;
Ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalari;
Excel va Word dasturlari bo‘yicha bazaviy bilimlar (majburiy);
Jamoani boshqarish va hududdagi ish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish qobiliyati;
Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:
Davlat organlari bilan ishlash tajribasi;
MIB bilan yo‘lga qo‘yilgan ishchi aloqalar;
Biz nima taklif qilamiz:
Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;
Raqobatbardosh ish haqi;
Keng o‘qish imkoniyatlari;
Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;
Rivojlanish va o‘sish imkonini beruvchi madaniyat.