Uzum People

Uzum logotipi
  • Marketing va kommunikatsiyalar
  • Uzum Market

Senior Brand Manager Uzum Market

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab

Biz kompaniya brendini rivojlantirish, marketing kampaniyalari va maxsus loyihalarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘ladigan Senior Brand Manager qidirmoqdamiz. Ushbu rol strategik fikrlash, analitik yondashuv va kuchli loyiha boshqaruvi ko‘nikmalarini uyg‘unlashtira oladigan, brend imiji va biznes natijalariga ta’sir ko‘rsatishni istaydigan mutaxassis uchun mo‘ljallangan.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

  • Kompaniyaning brend strategiyasini ishlab chiqish va rivojlantirishda ishtirok etish hamda uning barcha brend kommunikatsiyalariga integratsiyasini ta’minlash;

  • 360° formatidagi promo va imidj kampaniyalarini ishlab chiqish va ishga tushirish;

  • Brendni kuchaytirishga qaratilgan maxsus loyihalarni tashabbus qilish va amalga oshirish;

  • Marketing tadqiqotlari, ma’lumotlar va samaradorlik metrikalarini tahlil qilish, xulosalar va tavsiyalar tayyorlash;

  • Hisobotlar tayyorlash hamda kampaniyalar yakunlari bo‘yicha learnings`larni shakllantirish va joriy etish;

  • Kross-funksional jamoalar uchun brieflar tayyorlash va loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

  • Brend kommunikatsiyalari kalendarini yuritish va uning bajarilishini ta’minlash;

  • Kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish.

Biz uchun muhim:

  • Brend menejmenti va brendlarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba;

  • Brend platformalarini ishlab chiqish va brend strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy tajriba;

  • Zamonaviy marketing kommunikatsiyalari kanallari va vositalarini tushunish;

  • Asosiy brend va marketing metrikalarini bilish;

  • Miqdoriy va sifat tadqiqotlari bilan ishlash hamda ularning natijalarini amaliyotga tatbiq eta olish;

  • Sifatli brieflar tayyorlash va boshqa jamoalar uchun vazifalarni aniq shakllantirish ko‘nikmasi;

  • Kuchli taqdimot (prezentatsiya) ko‘nikmalari.

Qo‘shimcha ustunlik bo‘ladi:

  • Yirik integratsiyalashgan 360° kampaniyalarni ishga tushirish tajribasi;

  • Tez rivojlanayotgan kompaniyalar, e-commerce yoki digital muhitida ishlash tajribasi.

Biz nima taklif qilamiz:

  • Toshkent markazidagi qulay ofis;

  • Karyeraviy o‘sish — biz haqiqatan ham cheksiz rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etamiz;

  • Raqobatbardosh maosh — top kompaniyalar darajasida to‘laymiz;

  • Noyob korporativ madaniyat — startap ruhini saqlab qolgan holda yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘yganmiz;

  • Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;

  • Yoqimli bonus — lokatsiyangizga bog‘langan sog‘liqni saqlash dasturi, hamkor kompaniyalardan chegirmalar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000