- Savdo va kategoriya boshqaruvi
- Uzum Bank
Hamkorlarni jalb qilish va ulash bo‘yicha sayyor menejer
Toshkent • Ofis • Tajribasiz
Odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirasizmi va faol ish formatini afzal ko‘rasizmi? Unda bu vakansiya siz uchun. Biz yangi hamkorlarni jalb qiladigan, ularni to‘lov yechimlarimizga ulaydigan va mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantiradigan mutaxassisni qidirmoqdamiz.
Sizning vazifalaringiz:
- har kuni yangi va mavjud hamkorlar bilan uchrashish;
- kompaniyalarni jalb qilish va ularni bizning to‘lov yechimlarimizga ulash;
- mijozlarni ulanishdan keyin qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish;
- mahsulotlarimizning sifatli ishlashini nazorat qilish;
- POS-materiallarni joylashtirish va yangilab borish.
Biz sizdan kutamiz:
- rus va o‘zbek tillarini erkin bilishni;
- sayyor ish formatiga tayyor bo‘lishni;
- savdo yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi bo‘lsa, bu ustunlik beradi;
- mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ya olishni.
Biz taklif qilamiz:
- rasmiy ishga joylashish;
- kasbiy va karyera rivojlanishi imkoniyatlari;
- mamlakatdagi eng yirik IT-kompaniyalardan birida ishlash imkoniyati;
- ish jarayonida o‘qitish va doimiy qo‘llab-quvvatlash.