B2B Content & Communications Manager
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Kimni qidirmoqdamiz:
Biz sellerlar va franshizalar uchun kontent ishlab chiqarishning tizimli jarayonini yo‘lga qo‘yadigan hamda jamoaga B2B auditoriyaga ma’lumotni samarali yetkazishda yordam beradigan B2B Content & Communications Manager izlayapmiz. Asosiy vazifa — foydali va sifatli kontent yaratish, uni ishlab chiqarish jarayonini boshqarish hamda tadqiqotlar va foydalanuvchilar fikr-mulohazalari asosida kommunikatsiyalarni rivojlantirish.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Sellerlar va franshizalar uchun B2B kontentini: keyslar, maqolalar, taqdimotlar, tarqatmalar va landinglar ishlab chiqarishning tizimli jarayonini yo‘lga qo‘yish.
Turli formatlar va auditoriyalar uchun kontent yaratish va yangilab borish.
Biznes jamoalari bilan hamkorlikda keyslar, insaytlar va eng yaxshi tajribalarni yig‘ish.
Dizaynerlar, pudratchilar va ichki jamoalar bilan materiallarni ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va natija sifatini nazorat qilish.
Savdo, ta’lim va tadbirlar uchun jamoani doimo dolzarb materiallar bilan ta’minlash.
Tadbirlar, ta’lim dasturlari va asosiy B2B loyihalar uchun materiallar ishlab chiqish.
Tadqiqotlarni ishga tushirish va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini yig‘ish, gipotezalarni shakllantirish hamda olingan insaytlardan kommunikatsiyalarni yaxshilash uchun foydalanish.
Kommunikatsiya strategiyasini rivojlantirish va B2B auditoriya bilan barcha aloqa nuqtalarida brendning yagona uslubini ta’minlash.
Kontent va kommunikatsiyalardagi takomillashtirish nuqtalarini mustaqil aniqlash va tashabbuslarni natijagacha yetkazish.
Biz uchun nimalar muhim:
B2B kontent, kontent-marketing, kommunikatsiyalar yoki turdosh yo‘nalishlarda tajriba.
Turli formatlar va vazifalar uchun matnlarni yaratish va tuzish ko‘nikmasi: taqdimotlar, keyslar, maqolalar, tarqatmalar, lendinglar.
Kommunikatsiya strategiyasi va brend bilan ishlash tamoyillarini tushunish.
Kontent loyihalarini vazifa va g‘oya shakllantirishdan tayyor natijagacha mustaqil olib borish tajribasi.
Katta hajmdagi kontentni tashkil etish va materiallarni doimo dolzarb holatda saqlash ko‘nikmasi.
Dizaynerlar, biznes jamoalari va pudratchilar bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalari.
Tizimlilik, mustaqillik va natija uchun yuqori darajadagi mas’uliyat.
Tadqiqotlar va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari bilan ishlash hamda olingan insaytlarni aniq takomillashtirishlarga aylantira olish.
Yozma va og‘zaki kommunikatsiya ko‘nikmalarining yuqori darajasi.
Ustunlik bo‘ladi:
B2B auditoriya, sellerlar, franshizalar yoki tadbirkorlar bilan ishlash tajribasi.
Savdo, ta’lim yoki ta’limiy loyihalar uchun kontent yaratish tajribasi.
Taqdimotlar va vizual materiallar tayyorlash ko‘nikmalari.
Lendinglar, email-tarqatmalar va boshqa digital formatlar bilan ishlash tajribasi.
Pudratchilar bilan ishlash va kontent ishlab chiqarishni boshqarish tajribasi.
E-commerce yoki marketpleyslar o‘ziga xosligini tushunish.
Nima taklif qilamiz:
Toshkent markazida qulay ofis
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz.
Top kompaniyalar darajasidagi maosh
Noyob madaniyat — startap ruhini saqlab qolib va shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘yganmiz;
Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislardan iborat jamoalarda ishlash
Dress-kodning yo‘qligi va minimal byurokratiya.
Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.