Product Manager Transfers & Cross-border
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.
Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.
Uzum Bank o‘tkazmalar jamoasiga Product Manager
O‘tkazmalar — O‘zbekistondagi foydalanuvchilar uchun asosiy kundalik moliyaviy ssenariylardan biridir. P2P o‘tkazmalari kundalik pul harakatida muhim o‘rin tutadi, shuning uchun biz uchun bu shunchaki tranzaksion servis emas, balki faol mijozlar bazasi va Uzum Bank’dan foydalanish chastotasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahsulotlardan biridir.
Mahsulot allaqachon ishlamoqda va katta foydalanuvchilar bazasiga ega, ammo oldinda uni rivojlantirishning katta bosqichi turibdi: mijoz yo‘lini qayta ko‘rib chiqish, pul o‘tkazmalari uchun maqsadli ko’rishni shakllantirish va mahsulot kelgusi bir necha yil ichida qanday bo‘lishi kerakligini aniqlashimiz zarur.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
- O‘tkazmalarni rivojlantirish bo‘yicha mahsulot ko‘rinishi va strategiyasini shakllantirish;
- Amaldagi mahsulot va mijoz yo‘lini chuqur tahlil qilish, asosiy o‘sish nuqtalari va to‘siqlarni aniqlash;
- Kamida bir yilga mo‘ljallangan mahsulotni rivojlantirish rejasini shakllantirish va himoya qilish;
- Pul o‘tkazmalaridan foydalanadigan faol foydalanuvchilar bazasi va mahsulotdan foydalanish chastotasini oshirish;
- Asosiy ssenariylarni rivojlantirish: Uzum foydalanuvchilari o‘rtasidagi P2P, boshqa bank kartalariga o‘tkazmalar, telefon raqami orqali o‘tkazmalar, o‘z hisobvaraqlaringiz o‘rtasidagi o‘tkazmalar va xalqaro to‘lov tizimlari ichidagi o‘tkazmalar;
- Yangi yo‘nalishlarni, jumladan xalqaro pul o‘tkazmalarini tadqiq qilish va ishga tushirish;
- Pul o‘tkazmalari voronkasi bilan chuqur ishlash: ssenariy va qabul qiluvchini tanlashdan muvaffaqiyatli tranzaksiya va takroriy foydalanishgacha;
- Ma’lumotlar, tadqiqotlar va eksperimentlar orqali mahsulot gipotezalarini shakllantirish va tekshirish;
- Pul o‘tkazmalari iqtisodiyotini tushunish va mahsulot bo‘yicha qarorlar qabul qilishda uni hisobga olish;
- Bozor, raqobatchilar va foydalanuvchilarning to‘lov odatlarini tahlil qilish;
- Jamoa bilan birgalikda ustuvorliklarni belgilash va faqat funksionallikni ishga tushirish emas, balki ishga tushuurrishdan keyingi natija uchun ham javob berish;
- Fintech mahsulotlariga xos bo‘lgan ko‘plab ichki va tashqi bog‘liqliklar bilan ishlash.
Biz uchun nimalar muhim:
- Kuchli analitik fikrlash va ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qila olish;
- Mahsulot gipotezalarini izlash, shakllantirish va tekshirish tajribasi;
- Katta foydalanuvchi voronkalari bilan ishlash va yo‘qotishlarning haqiqiy sabablarini aniqlay olish;
- Mahsulot va unit-iqtisodiyotni tushunish;
- Tadqiqotlar o‘tkazish va olingan insaytlarni mahsulot qarorlariga aylantira olish;
- Mahsulot ko’rinishini mustaqil shakllantirish va uni tushunarli rivojlanish rejasiga aylantira olish;
- Bozorni tushunish va nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchilarga, balki foydalanuvchilarning xatti-harakatlariga ham e’tibor qaratish odati;
- Texnik jihatdan murakkab mahsulotlar va ko‘plab bog‘liqliklar bilan ishlay olish;
- Ishga tushirilgan funksiyalar soniga emas, foydalanuvchi va biznes metrikalaridagi o‘zgarishlarga yo‘naltirilganlik;
- Fintech, banklar, to‘lovlar yoki pul o‘tkazmalari sohasidagi tajriba katta ustunlik beradi.
Shartlar:
- Tajriba almashishga doimo tayyor bo‘lgan kuchli jamoa;
- Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantirayotgan jamoa uchun yirik miqyosdagi vazifalar;
- Toshkent markazidagi zamonaviy va qulay ofis;Ish kunini moslashuvchan boshlash imkoniyati;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish, ta’tilga qo‘shimcha 3 kunlik haq to‘lanadigan dam olish;
- Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendni rivojlantirish;
- Asos - zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati. Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar.