Uzum People

Uzum logotipi
  • Xavfsizlik va infratuzilma
  • Uzum Bank

Tizim administratori

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab

Uzum — bu O‘zbekistondagi yangi texnologik kompaniya va mamlakatdagi birinchi texnologik servislar ekotizimi. Biz bir vaqtning o‘zida bir nechta yuqori texnologik mahsulotlarni rivojlantiramiz, shunda mamlakatning millionlab aholisi tezkor yetkazib berish bilan cheksiz turdagi tovarlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, kundalik vazifalarni hal qilish va biznesni rivojlantirishga yordam beradigan moliyaviy servislarni ham rivojlantiramiz. O‘z IT-platformamizni qurmoqdamiz, logistika tizimini rivojlantirmoqdamiz va yuz minglab tadbirkorlarni hamkorlikka jalb qilmoqdamiz.

Vazifalar:

  • VMware vSphere asosidagi infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish (virtualizatsiya, klasterlash, storage boshqaruvi);
  • Terraform va Ansible yordamida infratuzilmani deploy qilish va konfiguratsiyalashni avtomatlashtirish;
  • Infratuzilma kodi uchun CI/CD jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • Servislarni monitoring qilish, zaxira nusxalarini yaratish va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • DevOps, tarmoq va tizim administratorlari jamoalari bilan hamkorlik qilish.

Texnologik stek

  • Infratuzilma: VMware vSphere/ESXi, vCenter, vSAN;
  • Avtomatlashtirish: Terraform (Infrastructure as Code), Ansible (konfiguratsiyalarni boshqarish);
  • OT: Linux (RHEL/Oracle Linux/Ubuntu bo‘lishi ma’qul), Windows Server bo‘yicha bazaviy bilimlar;
  • CI/CD: GitLab CI, Jenkins yoki analoglari;
  • Monitoring: Zabbix, Prometheus, Grafana;
  • Tarmoq texnologiyalari: VLAN, VPN, balanslash (HAProxy, Nginx), TCP/IP bo‘yicha bazaviy bilimlar.

Talablar

  • O‘xshash lavozimda 2–3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;
  • VMware vSphere’ni ishonchli bilish (VM yaratish/boshqarish, migratsiyalar, snapshot’lar, DRS/HA);
  • Terraform bilan amaliy ishlash tajribasi (modullar, workspaces, provider’lar bilan integratsiya);
  • Ansible bilan amaliy ishlash tajribasi (playbook’lar, role’lar, inventory, ansible-vault);
  • Bash/Python’da skriptlar yozish tajribasi — ustunlik beradi;High availability, disaster recovery va zaxira nusxalarini yaratish tamoyillarini bilish (RMAN/Veeam/Data Domain — ustunlik beradi);
  • Infrastructure as Code yondashuvi va DevOps amaliyotlarini tushunish.

Ustunlik bo‘ladi

  • Nutanix, Kubernetes, Docker bilan ishlash tajribasi;
  • Infratuzilmani cloud-provayderlar (AWS, Azure, GCP) bilan integratsiya qilish tajribasi;
  • CI/CD payplaynlarini qurish tajribasi;
  • VMware (VCP), HashiCorp (Terraform Associate), RedHat (RHCE) sertifikatlari — ustunlik beradi.

Shartlar

  • Tajriba almashishga doimo tayyor bo‘lgan kuchli texnik jamoa;
  • Kuchli mahsulot madaniyati;
  • Tadqiqotlar va metrikalarga tayanamiz, natijaga e’tibor qaratamiz;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
  • Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendni rivojlantirish;
  • Asos - zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati;
  • Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000