Project Manager (Infosec)
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.
Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
- Axborot xavfsizligi departamentining barcha loyihalari reyestrini yuritish;
- Axborot xavfsizligi departamenti ishtirok etadigan barcha loyihalar reyestrini yuritish;
- Turdosh vazifalarda Axborot xavfsizligi departamentiga tegishli masalalar bo‘yicha boshqa jamoalarga maslahat berish;
- Axborot xavfsizligi departamentining loyihalari va departament ishtirok etadigan loyihalarni Axborot xavfsizligiga tegishli masalalar bo‘yicha hamrohlik qilish;
- Loyihalarning ichki jarayonlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi nuqtayi nazaridan risklarini baholash;
- Zarur hollarda loyihalar bo‘yicha hujjatlarni yuritish (jumladan, hisobotlar, BPMN, DFD).
Biz uchun nimalar muhim:
- Texnik loyihalarni boshqarish tajribasi;
- Quyidagi yo‘nalishlardan birida tajriba: Daily Banking, Customer Retention, Lending, Fincom yoki texnik platformalar;
- Axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy bilimlar — ustunlik beradi;
- Microsoft Office standart paketini chuqur bilish;
- Yuqori yuklama, noaniqlik va qisqa muddatlarda samarali ishlay olish;
- Kuchli kommunikatsiya va tashkiliy ko‘nikmalar, turli steykxolderlar bilan kelisha olish.
Nima taklif qilamiz:
- Birinchi kundanoq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- Ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar;
- Hamkor kompaniyalardan chegirmalar dasturi;
- Biz IT Park rezidentimiz, mutaxassislarimiz yashash guvohnomasiga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;
- O‘sish va rivojlanish mumkin bo‘lgan madaniyat;
- Asos - zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati.
- Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar.