SMM-menejer Uzum Market
Toshkent • Gibrid • 1 yildan boshlab
Uzum E-com Creative Studio jamoasiga SMM Creative Manager izlayapmiz.
Bizga nafaqat kontent-reja va postlarni chiqarish, balki g‘oyalar, jamoalar bilan ishlash va natija uchun ham mas’ul bo‘ladigan inson kerak.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Telegram va Instagram Stories uchun kontent-rejani yuritish;
Marketingning turli jamoalari bilan ichki buyurtmachilar sifatida ishlash: vazifalarni qabul qilish, briflarni tushunish va yechimlarni taklif qilish;
Postlar, Stories va boshqa SMM kommunikatsiyalari uchun g‘oya va formatlar o‘ylab topish;
Trendlar, formatlar va mexanikalarni kuzatish, lekin ularni shunchaki ko‘chirmasdan, brend va vazifaga moslashtira olish;
Brainstorm’larda va kreativ konsepsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Nafaqat muntazam kontent, balki maxsus loyihalar uchun ham kreativ g‘oyalar yaratish;
O‘z g‘oyalaringizni tushunarli taqdimotlarga aylantirish va ularni himoya qila olish;
Kontent ustidagi ishlarni muvofiqlashtirish: muddatlarni kuzatish va jamoalar ishini sinxronlashtirish;
Kanallar va alohida loyihalar ko‘rsatkichlarini kuzatish, KPI bilan ishlash va hisobotlar tayyorlash;
Qaysi kontent yaxshiroq ishlayotganini tahlil qilish, xulosalar chiqarish va yangi gipotezalarni taklif qilish;
Nafaqat reach va engagement’ga, balki kontent trafik, konversiya va savdolarga qanday ta’sir qilishi mumkinligiga ham e’tibor qaratish.
Biz uchun nimalar muhim:
SMM, kontent yoki digital-marketing sohasida tajriba;
G‘oyalarni o‘ylab topish va ularni amalga oshirishgacha yetkazish qobiliyati;
Kuchli vizual va kontent didi hamda internet madaniyatini yaxshi tushunish;
Kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari — turli jamoalar va ichki buyurtmachilar bilan ishlash kerak bo‘ladi;
Yaxshi menejerlik ko‘nikmalari: bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani olib borish, kelishish va muddatlarni boy bermaslik;
Brainstorm’larda ishtirok etish, boshqalarning g‘oyalarini rivojlantirish va o‘z g‘oyalarini taklif qila olish;
G‘oyalarni tushunarli tarzda taqdim etish va himoya qila olish;
Raqamlar bilan ishlash va kontent natijalaridan xulosa chiqarish qobiliyati;
Yaxshi SMM — bu nafaqat chiroyli postlar va katta reach, balki biznes vazifalariga qo‘shiladigan hissa ekanini tushunish.
Nima taklif qilamiz:
Toshkent markazida qulay ofis;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz;
Top kompaniyalar darajasidagi maosh;
Very funny kreativ jamoa va loyihalar;
Jarayonlar va mahsulotlarga moslashishning barcha bosqichlarida yordam;
Dress-kod va minimal byurokratiya. Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.