Uzum People

Uzum logotipi
  • Maʼlumotlar bilan ishlash
  • Uzum Bank

Antifrod-analitik

Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab

Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.

Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Shubhali faollik, anomaliyalar va noodatiy patternlarni aniqlash uchun katta hajmdagi ma’lumotlar va mijozlar xatti-harakatlarini tahlil qilish
  • Potensial firibgarlik belgilarini aniqlash va ma’lumotlar asosida analitik gipotezalarni shakllantirish
  • Firibgarlik operatsiyalarini aniqlash uchun jamoa bilan birgalikda qoidalarni ishlab chiqish va taklif qilish
  • Antifrod tizimidagi qoidalarni kelishish va sozlashda ishtirok etish
  • Amaldagi qoidalarning samaradorligini tahlil qilish va zarur bo‘lganda ularni tuzatish bo‘yicha takliflar kiritish
  • Antifrod hodisalarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi monitoring jamoasi bilan hamkorlik qilish

Biz uchun nimalar muhim:

  • Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan analitik sifatida ishlash tajribasi
  • Ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilish, qonuniyatlar, anomaliyalar, keskin o‘zgarishlar va noodatiy xatti-harakatlarni aniqlay olish
  • SQL va ma’lumotlarni tahlil qilish vositalari bilan ishlash tajribasi
  • Anti-Fraud`dagi tajriba katta ustunlik bo‘ladi
  • Moliyaviy mahsulotlar, firibgarlik sxemalari va antifrod-tizimlarining ishlash tamoyillarini o‘rganishga tayyorlik

Biz taklif qilamiz:

  • Dinamik rivojlanayotgan fintech-kompaniyada ishlash
  • Ahil jamoa va qulay mehnat sharoitlari
  • Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish
  • Ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar
  • Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari
  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi. O‘sish va rivojlanish mumkin bo‘lgan madaniyat
  • Toshkentdagi qulay ofisda full time ish formati
  • Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000