Uzum People

Uzum logotipi
  • Maʼlumotlar bilan ishlash
  • Uzum Market

Uzum Market Senior ML-muhandisi (Qidiruv)

Toshkent • Masofaviy ish • 6 yildan boshlab

Qidiruv — GMV o‘sishining asosiy drayverlaridan biri. Bizning jamoamiz foydalanuvchilar kerakli narsani tez topa olishlari uchun qidiruv natijalarining relevantligi va qidiruv mexanizmi unumdorligini doimiy ravishda yaxshilaydi.

Vazifalar doirasiga bir vaqtning o‘zida 2 ta til: rus va o‘zbek tillari uchun to‘liq matnli va vektorli qidiruv, reklama va organik natijalarni yagona ML-ranking qilish, qidiruv bo‘yicha maslahatlar, imlo xatolarini tuzatish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar kiradi.

Bizda 4 kishidan iborat kichik ML jamoasi mavjud, shuning uchun qidiruv stekining turli qismlari ustida ishlash imkoniyati bo‘ladi.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Organik va reklama tovarlarini yagona ranking qilish: qidiruv va katalogda xarid qilish ehtimolini bashorat qiluvchi modellarni o‘qitish, ularni turli biznes-targetlar uchun optimallashtirish

  • Gibrid retrieval:

  • To‘liq matnli retrieval — Elasticsearch (morfologiya, sinonimlar, boostlar uchun koeffitsiyentlarni o‘qitish)

  • PyTorch’da neyron dense retrieval (ikki towerli encoderlar, embeddinglar, ANN)

  • So‘rovni tushunish: qidiruv bo‘yicha maslahatlar, imlo xatolarini tuzatish modellari, category prediction, obyektlarni ajratib olish uchun NER, mashhur so‘rovlardagi muammolarni avtomatik aniqlash uchun LLM

  • Tasvirlar bo‘yicha qidiruv: bu yo‘nalishda ishni endigina boshlayapmiz

  • Fichalar va ma’lumotlar: clickstream va relevantlik belgilaridan signallarni ajratib olish, keyinchalik online natijalar bilan korrelyatsiya qilinadigan offline metrikalar bilan ishlash

  • Prod va ishonchlilik: modellarni prodga chiqarish, sifatni monitoring qilish (online metrikalar, DQ, alertlar)

  • Eksperimentlar: dizayn bo‘yicha mahsulot analitiklari yordam beradi, ammo statistika va to‘g‘ri metrikalarni tanlashni tushunish kerak

  • Muhandislik madaniyati: MLOps, toza kod, review, system design, hujjatlashtirish

Bizning stek:

  • ML/DS: Python, NumPy/Pandas, scikit-learn; CatBoost; PyTorch + Hugging Face, ONNX, MLFlow

  • Qidiruv mexanizmi: Elasticsearch

  • Ma’lumotlar va prod: ClickHouse, PostgreSQL, Airflow, Spark, Docker/Kubernetes, Kafka

  • A/B-eksperimentlar: GrowthBook

Biz nimalarni kutamiz:

  • ML/DS sohasida 4+ yillik tajriba: ranking/retrieval modellarini o‘qitgan va prodga chiqargan bo‘lish, ularning cheklovlarini tushunish

  • Qidiruv payplayini chuqur tushunish: sparse/dense retrieval, LTR, offline metrikalar va ularning online natijalar bilan bog‘liqligi

  • Kuchli Python + SQL, muhandislik yetukligi

  • A/B-eksperimentlar tajribasi: dizayn, ishga tushirish, tahlil qilish, qaror qabul qilish

  • Yaxshi kommunikatsiya ko‘nikmalari: murakkab narsalarni sodda qilib tushuntira olish va maqsadlar/metrikalar bo‘yicha kelisha olish.

Quyidagi 3 talabdan 2 tasi bo‘lsa, ustunlik bo‘ladi:

  • Qidiruv/reklama qidiruvi bilan ishlash tajribasi

  • Tavsiya tizimlari bilan ishlash tajribasi

  • E-com domenida tajriba

Nima uchun bu qiziqarli:

  • Keng mas’uliyat zonasini va arxitektura hamda mahsulot qarorlariga ta’sir qilish imkoniyatini beramiz. Shuningdek, sizning tashabbuslaringizni muhokama qilish va ularni amalga oshirishga tayyormiz

  • Noyob madaniyat — startap ruhini saqlab qolib va shu bilan birga yetuk jarayonlarni yo‘lga qo‘yganmiz

  • Butun jamoa bilan o‘lchanadigan maqsadlarni shakllantiramiz va ularni shunchaki “belgi uchun” bajarmaymiz, balki samaradorlikni va ishimizning biznesga umumiy ta’sirini o‘lchaymiz

  • Ekspertizaning chuqurligi va muhandislik fikrlashi qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash

  • Jamoalar bir-birini tinglaydi va eshitadi: biz ijrochi emas, balki hamkor sifatida ishlaymiz

Nima taklif qilamiz:

  • Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Toshkentdagi shinam ofisda ishlash

  • Muhandislik yoki boshqaruv trekida o‘sish imkoniyati, shuningdek, muntazam samaradorlikni baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan

  • Rossiya bozoridagi top kompaniyalar darajasida maosh to‘laymiz

  • Ta’lim va rivojlanish — kompaniya ichida ham, undan tashqarida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, nashrlar). Shuningdek, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz

  • Asos - zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati. Yoqimli bonus - joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000