Operatsion bo‘limiga analitik stajyor
Toshkent • Ofis • Tajribasiz
Uzum E-com kompaniyasi operatsion bo‘limiga analitik stajyor lavozimi uchun stajirovka e’lon qiladi.
Bu — analitika sohasida amaliy tajriba orttirish, real biznes vazifalari ustida ishlash va kuryerlar hamda mijozlar uchun yetkazib berish jarayonlarini yaxshilashga hissa qo‘shish imkoniyati.
Vazifalar:
Kuryerlar bazasi bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish: yetkazib berilgan buyurtmalar, kuryerlarning ishlagan soatlari, CPO, bonuslar va boshqa metrikalar;
Operatsion vazifalar bo‘yicha muntazam va bir martalik tahlillarni tayyorlash;
Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun SQL va Excel bilan ishlash;
Operatsion dashboardlar va metrikalarni kuzatish vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
Metrikalardagi o‘zgarishlar sabablarini aniqlash va ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha takliflar berish;
Muntazam hisobotlar va hisob-kitoblarni avtomatlashtirish;
Tahlil natijalari asosida tushunarli xulosalar va tavsiyalar tayyorlash.
Biz quyidagi nomzodni izlayapmiz:
Ma’lumotlarni tahlil qila oladigan va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni topa oladigan;
SQL asoslarini biladigan (SELECT, JOIN, GROUP BY, WHERE);
Excel / Google Sheets bilan ishonchli ishlay oladigan (svod jadvallar, XLOOKUP, SUMIFS, asosiy formulalar);
Statistik asoslarni biladigan (o‘rtacha qiymat, mediana, konversiya, foizlar);
Oddiy grafiklar va dashboardlar yarata oladigan;
Ma’lumotlarga e’tiborli bo‘lib, o‘z hisob-kitoblarini tekshirib boradigan;
Mustaqil ravishda ma’lumot izlay oladigan va yangi vazifalarni o‘rganishga tayyor bo‘lgan;
O‘z xulosalarini tushunarli tarzda yetkaza oladigan.
Biz taklif qilamiz:
Haftasiga 20 soatdan boshlab rasmiy stajirovka;
Moslashuvchan ish jadvali;
Haqiqiy ma’lumotlar bilan ishlash va Uzum E-com operatsion jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
Analitik vositalar va biznes vazifalari bilan ishlash tajribasi;
Mentor ko‘magi va professional rivojlanish imkoniyati.
Agar siz raqamlar bilan ishlashni, o‘sish nuqtalarini topishni va analitika orqali real jarayonlarni yaxshilashni istasangiz — Uzum E-com jamoasiga qo‘shiling.
Formani to‘ldiring, va biz siz bilan bog‘lanamiz.
HR jamoasi, Uzum E-com