Uzum FinTech raqamli mahsulotlarini yuridik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yurist
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.
Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.
Biz FinTech Legal Practice jamoasiga Loyiha yuristi (Project lawyer) izlayapmiz. Bu rol huquq, texnologiyalar va biznes kesimida ishlashga, yangi mahsulotlarni ishga tushirishda ishtirok etishga hamda tez o‘zgaruvchan muhitda jamoalarga yechim topishda yordam berishga qiziqadigan mutaxassisga mos keladi.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
FinTech-mahsulotlar, servislar va kompaniyaning asosiy biznes jarayonlarini yuridik jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
Product, Business, Risk, Compliance va IT-jamoalar bilan birgalikda yangi mahsulotlarni ishga tushirishda ishtirok etish.
Yangi biznes tashabbuslarini tahlil qilish va loyihalar bo‘yicha huquqiy xulosalar tayyorlash.
Customer flow va legal flow jarayonlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Ommaviy ofertalar, foydalanuvchi kelishuvlari, servislardan foydalanish qoidalari va ichki hujjatlarni ishlab chiqish hamda kelishish.
Qonunchilikdagi o‘zgarishlarni kuzatib borish va ularning kompaniya mahsulotlari hamda jarayonlariga ta’sirini baholash.
Regulyator talablarini, jumladan to‘lovlar, elektron tijorat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va AML/CFT masalalarini tahlil qilish.
Turli xil shartnomalarni tayyorlash, kelishish va yuridik jihatdan kuzatib borish: SaaS, litsenziya, hamkorlik, agentlik, NDA, xizmat ko‘rsatish shartnomalari va boshqalar.
Loyihalar va shartnomaviy ishlar doirasida yuridik risklarni aniqlash va minimallashtirish.
Mahsulot va biznes jamoalariga kundalik yuridik masalalar bo‘yicha maslahat berish.
Mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlarda ishtirok etish hamda yuridik va regulyator talablarini hisobga olgan holda jarayonlarni yo‘lga qo‘yishga yordam berish.
Murakkab yuridik masalalarni biznes uchun sodda va tushunarli tilda tushuntirish.
Biz uchun nimalar muhim:
Oliy yuridik ma’lumot.
Bank, fintech-kompaniya, MMT, IT-kompaniya yoki konsaltingda 3 yildan ortiq ish tajribasi.
Fuqarolik va shartnoma huquqini yaxshi bilish.
To‘lov servislarini, elektron tijoratni va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga solish tamoyillarini tushunish.
AML/CFT talablari va shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha bazaviy tushuncha.
Turli turdagi shartnomalarni tayyorlash va kelishish tajribasi.
Yuridik risklarni mustaqil tahlil qilish va amaliy yechimlarni taklif eta olish.
Raqamli mahsulotlar va onlayn-servislarning ishlash tamoyillarini tushunish.
Hujjatlar bilan ishlash uchun ingliz tilini Intermediate va undan yuqori darajada bilish.
Tizimli fikrlash, proaktivlik va yuqori darajadagi mas’uliyat.
Biznes bilan samarali hamkorlik qilish va murakkab masalalarni sodda tilda tushuntira olish.
Ustunlik bo‘ladi:
Payments, BNPL, Lending, Marketplace yoki Super App yo‘nalishidagi mahsulotlar bilan ishlash tajribasi.
Yangi raqamli mahsulotlarni ishga tushirishni yuridik jihatdan qo‘llab-quvvatlash tajribasi.
Agile va mahsulotga yo‘naltirilgan ishlab chiqish yondashuvini tushunish.
Davlat organlari va regulyatorlar bilan hamkorlik qilish tajribasi.
Ommaviy ofertalar, foydalanuvchi kelishuvlari va boshqa digital agreements’larni tayyorlash tajribasi.
O‘zbek tilini bilish.
Nima taklif qilamiz:
Jadal rivojlanayotgan fintech-kompaniyada ishlash.
Asosiy biznes jarayonlarini rivojlantirish va optimallashtirishga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.
Ahil jamoa va qulay mehnat sharoitlari.
Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish.
Ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar.
Hamkor kompaniyalarning chegirma dasturlari.
Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi.
O‘sish va rivojlanish mumkin bo‘lgan madaniyat.
Toshkentdagi qulay ofisda full time ish formati.
Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.