Project Manager
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek hamda Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.
Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.
Project Manager — Hamkorlik va sug‘urta yo‘nalishi
Product Marketing & Promo jamoasiga keshbek hamkorliklari (B2B/B2C ko-promo, mijozlarni jalb qilishga qaratilmagan) va sug‘urta yo‘nalishlarini rivojlantiradigan Project Manager izlamoqdamiz. Ushbu rolda Siz yo‘nalishdagi loyihalarni tartibli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun ham javobgar bo‘lasiz.
Vazifalar:
Hamkorlikdagi ko-promo loyihalarini hamkor arizasidan boshlab yakuniy tahlilgacha to‘liq yuritish: loyihalarni saralash, shartlarni kelishish, hisob-kitob qilish, ishga tushirish va natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlash;
Har bir mexanikaning iqtisodiy samaradorligini ishga tushirishdan oldin hisoblash va PMM hamda timlid oldida asoslab berish: budjet, stavka, kutilayotgan natija va zararsizlik nuqtasi;
Keshbek vitrinasidagi foydalanuvchilarni jalb qiluvchi mexanikalarni boshqarish: g‘ildirak, oy toifalari, hafta mahsuloti, promokodlar; ularning qoidalari, limitlari, antifrod mexanizmlari va kalendarini yuritish;
Ishlab chiqish, dizayn, analitika, yuridik va axborot xavfsizligi jamoalariga vazifalar qo‘yish, natijalarni qabul qilish, muddatlarni nazorat qilish va yuzaga kelgan bloklovchi muammolarni eskalatsiya qilish;
Har bir ishga tushirilgan loyiha bo‘yicha post-tahlil o‘tkazish: keshbek vitrinasining MAC ko‘rsatkichiga, retention’ga va foydalanuvchilarning boshqa mahsulotlarga o‘tishiga ta’sirini baholash; natijalarni yagona reyestrda yuritish;
Jira’dagi vazifalarni bo‘lim standartlariga muvofiq yuritish: to‘liq brif, dolzarb dedlayn, to‘g‘ri prioritet va status.
Zarur tajriba va ko‘nikmalar:
Hamkorlar bilan tijorat muzokaralarini olib borish ko‘nikmasi;
Sodiqlik va geymifikatsiya mexanikasini tushunish: mukofotning EV ko‘rsatkichi, redemption, aylanma chegaralari va foydalanuvchilar faolligining pasayishi; banklardagi keshbek bo‘limlari qanday ishlashini bilish — oy toifalari, topshiriqlar, sovrinli o‘yinlar va boshqa mexanikalar;
Loyihalarni ishga tushirish jarayonini boshqara olish: brif va PRD tayyorlash, Jira’da vazifa qo‘yish, yondosh jamoalar bilan SLA asosida ishlash va tayyorlik chek-listini yuritish;
Hamkorlik integratsiyalari va ko-promo mexanikalari bilan ishlash tajribasi;
Aksiyalarning unit-iqtisodiyotini va kampaniyalar samaradorligini (CR, CPA/CAC) hisoblashni yaxshi tushunish;
Jira’da vazifalar qo‘yish va ularning bajarilishini kuzatish, muddatlar va SLA bilan ishlash tajribasi;
Analitik dashboard’lar bilan ishlash va shunchaki hisobot tayyorlash emas, balki ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish ko‘nikmasi.
Ish sharoitlari:
Tajribasi bilan doimo bo‘lishishga tayyor kuchli jamoa;
Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli vazifalar;
Toshkent markazidagi qulay va zamonaviy ofis;
Ish kunini moslashuvchan boshlash imkoniyati;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bo‘yicha rasmiylashtirish, ta’tilga qo‘shimcha uch kunlik haq to‘lanadigan ta’til;
Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendingizni rivojlantirish imkoniyati;
Asos — zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati. Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar.