Brand Lead
Toshkent • Ofis • 6 yildan boshlab
Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.
Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Sodiqlik dasturining brend strategiyasini ishlab chiqish va rivojlantirish: pozitsiyalash, qiymat taklifi, ovoz ohangi, muloqot tamoyillari;
In-app va tashqi kommunikatsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Brend kommunikatsiyalarining to‘liq siklini boshqarish:
— kreativ konsepsiya;
— kommunikatsion xabarlar;
— vizual va matnli materiallar.Product, Commercial, CRM, Performance va Design jamoalari bilan kross-funksional hamkorlik qilish;
Kommunikatsiyalar samaradorligini tahlil qilish va ma’lumotlar asosida strategiyani rivojlantirish.
Biz uchun nimalar muhim:
Brend strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish tajribasi: positioning, ToV va vizual identika;
Brand Marketing yo‘nalishida 4+ yillik ish tajribasi;
Fintech mahsulotlari bilan kamida 2 yillik ish tajribasi;
Digital-mahsulotlar va sodiqlik dasturlarida branding tamoyillarini tushunish;
Media va promotion kanallarining ishlash tamoyillarini tushunish.
Nima taklif qilamiz:
Millionlab foydalanuvchilarga ega yirik Fintech mahsulot platformasini yaratishda ishtirok etish imkoniyati;
Ish jarayonlariga moslashuvchan yondashuv va yangi g‘oyalarga ochiqlik;
Dinamik va ambitsiyali Fintech muhitida xalqaro jamoa bilan ishlash;
Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
Raqobatbardosh ish haqi va relokatsiya paketi;
Ta’lim va professional rivojlanish uchun keng imkoniyatlar;
Hamkor kompaniyalarning chegirma dasturlari va ITS;
Biz IT Park rezidentimiz, mutaxassislarimiz yashash guvohnomasiga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;
Byurokratiyaning yo‘qligi;
Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.