Uzum People

Uzum logotipi
  • Marketing va kommunikatsiyalar
  • Uzum Bank

Community Manager — Komyuniti-menejer

Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab

Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.

Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.

Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Instagram va Telegram’dagi izohlarga javob berish;

  • Instagram’dagi ommabop va trend videolarni izlash;

  • Auditoriyadan muntazam ravishda fikr-mulohazalarni yig‘ish;

  • Marketing jamoasi bilan hamkorlikda ishlash.

Talablar:

  • O‘zbek va rus tillarini erkin bilish;

  • Instagram akkauntlarini yuritish bo‘yicha kamida 1 yillik tajriba.

Shartlar:

  • Tajribasi bilan doimo bo‘lishishga tayyor kuchli jamoa;

  • Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantirayotgan jamoada keng ko‘lamli vazifalar;

  • Toshkent markazidagi qulay va zamonaviy ofis;

  • Ish kunini moslashuvchan boshlash imkoniyati;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

  • Ta’tilga qo‘shimcha uchta haq to‘lanadigan kun;

  • Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendingizni rivojlantirish imkoniyati;

  • Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000