Junior Product Researcher (o‘zbek va rus tillarini biladigan)
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.
Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.
Mahsulot (UX/CX) tadqiqotlari yo‘nalishida rivojlanishni istaydigan mutaxassis izlamoqdamiz. Siz bizga mijozlarni yaxshiroq tushunish, gipotezalarni sinab ko‘rish va servislarni yanada qulay qilishda yordam berasiz. Biz yetakchi fintech-bankda ishlaymiz, innovatsion mahsulotlar yaratamiz va data-driven yondashuvga tayanamiz.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Tadqiqotlar uchun respondentlarni jalb qilish bo‘yicha Call Center bilan hamkorlik qilish;
Maze, Pathway, Tally va boshqa platformalarda so‘rovlar va anketalar tayyorlash;
Google Sheets hamda FigJam va Miro doskalarida ma’lumotlarni qayta ishlash.
Keyinchalik:
Mahsulot tadqiqotlarini ishlab chiqish va o‘tkazish: usability-testlar, chuqurlashtirilgan intervyular va so‘rovlar;
Excel / Google Sheets, PowerPoint / Miro / Figma yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish;
Ichki buyurtmachilar bilan ishlash: brifing o‘tkazish, tadqiqot dizaynini ishlab chiqish va asoslab berish;
Tadqiqot metodologiyasini ishlab chiqish: guide’lar, skriptlar va anketalarni tayyorlash, tadqiqotlarni ishga tushirish va o‘tkazish;
Natijalarni vizualizatsiya qilish, jamoalar va rahbariyat uchun hisobot hamda taqdimotlar tayyorlash va mahsulot bo‘yicha qarorlarga ta’sir ko‘rsatish.
Biz uchun nimalar muhim:
Mahsulot tadqiqotlari yo‘nalishida rivojlanish istagi — fintech yoki bank sohasidagi tajriba, shuningdek marketing tadqiqotlari bo‘yicha tajriba ustunlik bo‘ladi;
Sifat va miqdoriy tadqiqot usullarini tushunish, ularni o‘tkazish tajribasi esa ustunlik bo‘ladi;
Excel, Google Sheets, PowerPoint, Google Slides, Miro va Figma’ni bilish; Maze, Pathway, Tally va shu kabi platformalar bilan ishlash tajribasi ustunlik bo‘ladi;
Respondentlarni jalb qilish va jamoalar bilan samarali hamkorlik qilish uchun kuchli kommunikatsion ko‘nikmalar;
Tizimli va analitik fikrlash, e’tiborlilik va intizomlilik.
Shartlar:
Tajribasi bilan doimo bo‘lishishga tayyor kuchli jamoa;
Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantirayotgan jamoada keng ko‘lamli vazifalar;
Toshkent markazidagi qulay va zamonaviy ofis;
Ish kunini moslashuvchan boshlash imkoniyati;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
Ta’tilga qo‘shimcha uchta haq to‘lanadigan kun;
Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendingizni rivojlantirish imkoniyati;
Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.