Toifa menejeri — FMCG (Go‘zallik va parvarish)
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Biz FMCG yo‘nalishining «Go‘zallik va parvarish» toifasi uchun kuchli va intiluvchan toifa menejerini izlayapmiz. Siz toifani rivojlantirishni boshqarishingiz, samarali tijorat strategiyasini ishlab chiqishingiz va biznesning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
- Tijorat strategiyasini shakllantirish: «Go‘zallik va parvarish» toifasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, assortiment matritsasi, narx belgilash va promo-aksiyalarni boshqarish.
- PnL ko‘rsatkichlarini bajarish va ularni boshqarish jarayonida ishtirok etish.
- Partnership, marketing, operatsiyalar bilan kross-funksional hamkorlik.
- Jamoani boshqarish va rivojlantirish.
- Bozorni tahlil qilish: Beauty segmentidagi trendlarni kuzatish, raqobat muhitini tahlil qilish va yangi o‘sish imkoniyatlarini izlash.
Biz uchun muhim:
- FMCG / E-commerce / Retail sohalarida toifa menejeri sifatida muvaffaqiyatli ish tajribasi.
- Parfyumeriya, kosmetika va shaxsiy gigiyena vositalari bozorini chuqur tushunish.
- Muloqotchanlik, rivojlangan muzokara olib borish ko‘nikmalari, tahliliy fikrlash va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati.
- Excel va PowerPoint dasturlarini yuqori darajada bilish.
- Rus va o‘zbek tillarini yuqori darajada bilish. Ingliz tilini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi.
Biz nimani taklif qilamiz:
- Toshkent markazida shinam zamonaviy ofis;
- Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
- Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
- Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar.
- Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya.