Digital Lead Uzum Bank
Toshkent • Ofis • 6 yildan boshlab
Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.
Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Mavjud pullik trafik kanallarini rivojlantirish: reklama kampaniyalarini ishga tushirish, yuritish va ularning samaradorligini nazorat qilish; kampaniyalarni optimallashtirish bo‘yicha taktikalarni ishlab chiqish va joriy etish;
Foydalanuvchilarni jalb qilish bo‘yicha yangi gipotezalar, kanallar va mexanikalarni test qilish;
Marketing jamoasi bilan status uchrashuvlarini o‘tkazish va loyiha bo‘yicha ish rejasini muhokama qilish;
Tijorat takliflari, strategiyalar va auditlarni tayyorlashda ishtirok etish;
Media rejalashtirish va promotion strategiyalarini tayyorlashda ishtirok etish;
Reklama kampaniyalarini rejalashtirish va joylashtirish jarayonlarini optimallashtirish uchun texnologik yechimlardan foydalanish;
Raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish, App + Web pullik trafik yo‘nalishidagi trendlar va so‘nggi o‘zgarishlarni kuzatib borish.
Biz uchun nimalar muhim:
Fintech yo‘nalishidagi mijozlar bilan ishlash tajribasi;
Google Ads, Yandex Direct, Meta, VK, Appnext va boshqa reklama platformalari bilan ishlash ko‘nikmasi;
GA4, Yandex Metrica va Adjust kabi analitika va tracking tizimlarini bilish;
CPI, CPO, CAC, LTV va CR metrikalarini tushunish;
Tanqidiy fikrlash va sabab-oqibat bog‘liqliklarini tahlil qila olish.
Ish sharoitlari:
Tajribasi bilan doimo bo‘lishishga tayyor kuchli jamoa;
Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantirayotgan jamoada keng ko‘lamli vazifalar;
Toshkent markazidagi qulay va zamonaviy ofis;
Ish kunini moslashuvchan boshlash imkoniyati;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
Ta’tilga qo‘shimcha uchta haq to‘lanadigan kun;
Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendingizni rivojlantirish imkoniyati;
Asos — zo‘r ishlash istagida bo‘lgan mutaxassislar hamjamiyati. Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa imtiyozlar.