Product Manager B2B Marketing
Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab
Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Avto — avtomobillarni sotish va xarid qilish, shuningdek kreditni onlayn tasdiqlash imkonini beruvchi servis. O‘zbekiston bo‘ylab 300 dan ortiq hamkor-dilerlar mavjud.
Uzum Avto — O‘zbekiston bozoridagi yangi classifieds platformasi bo‘lib, unda avtomobilni sotish, tanlash va onlayn xarid qilish mumkin. Biz Uzum ekotizimining bir qismimiz, shu sababli mijozlarimizga nafaqat qulaylik, balki manfaatli shartlar, shaffoflik va ishonchlilikni ham taqdim etamiz.
Hozir biz professional avtomobil sotuvchilari segmentida yo‘nalishning tez o‘sishiga yordam beradigan kuchli Product Marketing Manager izlamoqdamiz.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
GTM-strategiyalarni ishlab chiqish va Commercial jamoasi bilan birgalikda asosiy bosqichlardagi konversiyani optimallashtirish;
Positioning, value proposition va asosiy kommunikatsion xabarlar ustida ishlash;
Onboarding natijalarini tahlil qilish va Product jamoasi bilan birgalikda uni takomillashtirish;
O‘z mahsulotingiz bo‘yicha voronka metrikalarini kuzatish, CAC, LTV va retention’ni hisoblash, shuningdek lead’larni kvalifikatsiya qilish mezonlarini shakllantirishda ishtirok etish;
Kross-funksional jamoalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kampaniyalar samaradorligini nazorat qilish;
Data-driven qarorlar madaniyatini rivojlantirish va jamoaga o‘z harakatlarining biznes natijalariga ta’sirini ko‘rishga yordam berish;
AI-vositalar / agentlar yordamida ayrim jarayonlarni avtomatlashtirish va maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish.
Biz uchun nimalar muhim:
B2B Product Marketing yo‘nalishida 3+ yillik ish tajribasi;
Digital-mahsulotlar yoki marketplace’lar bilan ishlash tajribasi;
Mahsulot analitikasi va growth funnel’larni tushunish, shuningdek Sales jamoasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik tajribasi;
Mahsulotning foydalanuvchi uchun qiymatini aniq shakllantira olish;
Fintech, marketplace yoki classified mahsulotlari bilan ishlash tajribasi;
Offline va online jarayonlar kesishmasidagi biznesda ishlash tajribasi.
Nima taklif qilamiz:
Tajribasi bilan doimo bo‘lishishga tayyor kuchli jamoa;
Millionlab foydalanuvchilar uchun servislarni rivojlantirayotgan jamoada keng ko‘lamli vazifalar;
Toshkent markazidagi qulay va zamonaviy ofis;
Ish kunini moslashuvchan boshlash imkoniyati;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish va ta’tilga qo‘shimcha uchta haq to‘lanadigan kun;
Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendingizni rivojlantirish imkoniyati.