Uzum Avto katta yuristi
Toshkent • Ofis • 6 yildan boshlab
Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.
Uzum Avto — avtomobillarni xarid qilish va sotish, shuningdek kreditni onlayn tasdiqlash imkonini beruvchi servis. O‘zbekiston bo‘ylab 300 dan ortiq hamkor-dilerlar mavjud.
Biz rivojlanayotgan avtomobil platformamiz uchun asosiy huquqiy tayanch bo‘ladigan katta yurist izlamoqdamiz. Bu yerda onlayn-servislar, moliyaviy hamkorlar va real avtosalonlar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Shu sababli nafaqat qonunchilikni yaxshi bilish, balki biznes qanday ishlashini ham tushunish muhim. Bu rol mustaqil ishlashga, amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan yechimlarni topishga va jamoa bilan birgalikda g‘oyalarni ishlaydigan mahsulotlarga aylantirishga tayyor mutaxassisga mos keladi.
Vazifalar:
Shartnomaviy ishlarni yuritish: banklar, avtosalonlar, agentliklar va yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarni tayyorlash, tekshirish va kelishish, muzokaralarda ishtirok etish, namunaviy shakllarni ishlab chiqish va majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish;
Loyihalarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash: yangi mahsulotlar va hamkorliklar uchun huquqiy modelni ishlab chiqish, marketing aksiyalari, qo‘shma takliflar va pilot loyihalar, jumladan hamkor oflayn avtosalonlar uchun hujjatlarni tayyorlash;
Platformani huquqiy qo‘llab-quvvatlash: foydalanuvchi kelishuvlari, ofertalar, roziliklar va siyosatlarni yuritish, reklama materiallari hamda mijozlar bilan kommunikatsiyalarni kelishish;
Korporativ boshqaruv: qarorlar, bayonnomalar, ishonchnomalar va korporativ hujjatlarni tayyorlash, o‘zgarishlarni huquqiy jihatdan kuzatib borish va holdingning yuridik xizmati bilan hamkorlik qilish;
Talabnoma va sud ishlarini yuritish: talabnomalar, protsessual hujjatlar va huquqiy pozitsiyani tayyorlash, nizolarda kompaniya manfaatlarini himoya qilish va tashqi maslahatchilar ishini muvofiqlashtirish, jumladan moliyaviy ijara shartnomalari bo‘yicha;
Huquqiy xatarlarni boshqarish: biznes qarorlarining huquqiy oqibatlarini baholash va amaliy yechimlarni taklif qilish, qonunchilikdagi o‘zgarishlarni kuzatib borish hamda hujjatlar va jarayonlarni yangilash;
Huquqiy qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini tashkil qilish: shartnomalar va ishlar reyestrini yuritish, muddatlarni nazorat qilish, vazifalarni qo‘yish va kelishishning aniq tartibini shakllantirish.
Nomzoddan nimalarni kutamiz:
Oliy yuridik ma’lumot;
Yuridik sohada kamida 6 yillik ish tajribasi, shu jumladan O‘zbekistonda biznesni mustaqil huquqiy qo‘llab-quvvatlash tajribasi;
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik, shartnoma va korporativ huquqini yaxshi bilish; reklama, elektron tijorat, shaxsga doir ma’lumotlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha talablarni amaliy tushunish;
Tijorat shartnomalarini tayyorlash va kelishish, muzokaralar olib borish hamda loyihalarni modelni muhokama qilish bosqichidan ishga tushirishgacha huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tajribasi;
Korporativ tartib-taomillar, talabnoma va sud ishlari bo‘yicha amaliy tajriba;
Huquqiy cheklovlarni biznes uchun tushunarli tavsiyalarga aylantira olish: xatarlarni tushuntirish, yechim variantlarini taklif qilish va rahbariyat qarorini talab qiladigan masalalarni ajratib ko‘rsatish;
Bir nechta vazifani mustaqil olib borish, ustuvorliklarni belgilash, kelishilgan muddatlarga rioya qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar haqida oldindan xabar berish qobiliyati;
Yozma hujjatlarni yuqori sifatda tayyorlash, detallarga e’tibor va yakuniy natija uchun mas’uliyat;
Rus va o‘zbek tillarini yuridik hujjatlar tayyorlash va muzokaralar olib borish darajasida bilish.
Ustunlik bo‘ladi:
Texnologik kompaniyalar, elektron tijorat, moliya sektori yoki avtomobil biznesida ishlash tajribasi;
Banklar, dilerlik tarmoqlari va oflayn maydonlar bilan hamkorliklarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash tajribasi;
IT Park rezidenti bo‘lgan kompaniyalar bilan ishlash tajribasi;
Shartnomalar bilan ishlash va hamkasblar bilan muloqot qilish uchun ingliz tilini bilish.
Nima taklif qilamiz:
Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
Toshkent markazidagi qulay ofis;
Ta’lim va professional rivojlanish uchun keng imkoniyatlar;
Hamkor kompaniyalarning chegirma dasturlari;
O‘sish va rivojlanish imkonini beruvchi madaniyat;
Jadal rivojlanayotgan fintech-kompaniyada ishlash;
Dress-kodning yo‘qligi va minimal byurokratiya;
Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.