Uzum People

Uzum logotipi
  • Maʼlumotlar bilan ishlash
  • Uzum Bank

Kredit mahsulotlari strategiyasi bo‘yicha menejer

Toshkent • Gibrid • 3 yildan boshlab

Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.

Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.

Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.

Biz kredit biznesining asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, analitik materiallar tayyorlash hamda ma’lumotlarni rahbariyat va biznes uchun tushunarli va sifatli shaklda taqdim etishga yordam beradigan mutaxassis izlamoqdamiz.

Bu rol strategiya, loyiha boshqaruvi va biznes kesishmasida joylashgan.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • Kredit yo‘nalishi va mahsulot portfelini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;

  • Kredit yo‘nalishidagi strategik tashabbuslar va loyihalarni muvofiqlashtirish;

  • Asosiy biznes ko‘rsatkichlari va kredit mahsulotlari dinamikasini kuzatish, muhim o‘zgarishlar sabablarini aniqlash va biznes uchun xulosalar shakllantirish;

  • Rahbariyat uchun muntazam hisobotlar, taqdimotlar va boshqa materiallarni tayyorlash;

  • Data, Product, Marketing, Risk va boshqa yondosh jamoalardan ma’lumotlarni yig‘ish va tizimlashtirish;

  • Asosiy tashabbuslar, OKR, rejalar va natijalarni tracking qilish;

  • Kredit yo‘nalishi bo‘yicha muntazam uchrashuv va sinxronizatsiyalarni tashkil etish, kelishuvlarni qayd etish va keyingi qadamlarning bajarilishini nazorat qilish;

  • Kredit mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni tahlil qilish va potensial tashabbuslarni baholashda ishtirok etish;

  • Zarurat bo‘lganda ma’lumotlar va hisob-kitoblarni chuqur tahlil qilish, ko‘rsatkichlarni mustaqil tekshirish va o‘zgarishlar sabablarini aniqlash.

Biz uchun nimalar muhim:

  • Strategiya, biznes-konsalting, mahsulot strategiyasi, biznes boshqaruvi yoki yirik loyihalarni boshqarish sohasida tajriba;

  • Kredit mahsulotlari va kreditlashdagi biznes jarayonlarini tushunish katta ustunlik bo‘ladi;

  • Kredit yo‘nalishida ishlash tajribasi ustunlik bo‘ladi;

  • Ma’lumotlarni tizimlashtirish va rahbariyat uchun sifatli taqdimotlar tayyorlash bo‘yicha kuchli ko‘nikmalar;

  • Ko‘plab parallel vazifalar, steykxolderlar va deadline’lar bilan ishlash qobiliyati;

  • Muammoni mustaqil o‘rganish, xulosalar shakllantirish va tashabbusni yakuniy natijagacha olib borish qobiliyati;

  • Ma’lumotlar hamda Excel / Google Sheets bilan yaxshi ishlash ko‘nikmalari — raqamlarni mustaqil tekshira olish muhim;

  • Kuchli kommunikatsion va tashkiliy ko‘nikmalar.

Nima taklif qilamiz:

  • Masofaviy ish formati;

  • Vaqti-vaqti bilan Toshkentga xizmat safarlariga borish imkoniyati;

  • Biznes, analitika va texnologiyalar kesishmasida ishlash;

  • Rahbarlar va asosiy jamoalar bilan bevosita hamkorlik qilish;

  • Yirik kredit mahsulotlari va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000