Uzum People

Uzum logotipi
  • Dizayn
  • Uzum Bank

Grafik dizayner Uzum Bank

Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab

Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.

Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek va Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.

Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.

Biz bankning kredit yo‘nalishi jamoasiga grafik dizayner izlamoqdamiz. Siz mahsulotlarimiz uchun vizual kommunikatsiyalar yaratishingiz kerak bo‘ladi: reklama kampaniyalari va tashqi reklamadan tortib, ilovadagi bannerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi postlargacha.

Vazifalar:

  • Uzum Bank’ning muntazam reklama kampaniyalari va mahsulot kommunikatsiyalari uchun vizuallar ishlab chiqish;

  • KV’larni ilova va saytdagi bannerlar, ijtimoiy tarmoqlar, CRM/CVM-kommunikatsiyalar, digital reklama, tashqi reklama va bosma materiallarga moslashtirish;

  • Maketlarni turli o‘lchamlar, proporsiyalar va platformalarning texnik talablariga moslab resize va versiyalarini tayyorlash;

  • Yakuniy fayllarni nashr va ishlab chiqarishga tayyorlash, jumladan o‘lchamlar, bleed, resolution, rang profillari va boshqa texnik talablarni tekshirish;

  • Mavjud shablonlar, komponentlar, design system va brand guideline’lar bilan ishlash;

  • Faqat yangi yechimlarni noldan yaratish emas, balki mavjud vizual yechimlarni takomillashtirish va rivojlantirish;

  • Generatsiya, retush, tasvirlarni kengaytirish, vizual yechimlarni izlash va rutin vazifalarni tezlashtirish uchun AI-vositalardan foydalanish.

Talablar:

  • Grafik yoki kommunikatsion dizayn sohasida 2–3 yillik ish tajribasi;

  • Product, fintech, retail yoki digital kompaniyada yoxud kundalik vazifalar oqimi yuqori bo‘lgan agentlikda ishlash tajribasi;

  • Bitta konsepsiyani turli format va kanallarga tizimli ravishda moslashtira olish, faqat alohida kreativlar tayyorlash bilan cheklanmaslik;

  • Bosma materiallar va tashqi reklama uchun texnik talablarni bilish;

  • Turli brand book va vizual uslublar bilan moslashuvchan ishlay olish;

  • Detallarga e’tibor, mustaqillik va ko‘plab parallel vazifalar orasida ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilay olish.

Shartlar:

  • Birinchi kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

  • Raqobatbardosh ish haqi;

  • Ta’lim va professional rivojlanish uchun keng imkoniyatlar;

  • Hamkor kompaniyalarning chegirma dasturlari;

  • Biz IT Park rezidentimiz, mutaxassislarimiz yashash guvohnomasiga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;

  • Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi;

  • O‘sish va rivojlanish imkonini beruvchi madaniyat;

  • Toshkentdagi qulay ofisda full time ish formati;

  • Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘liq sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000