Biznesni yuridik qo‘llab-quvvatlash va da’volar bilan ishlash yo‘nalishi rahbari
Toshkent • Ofis • 6 yildan boshlab
E-Commerce biznesining yuridik ta’minoti va debitorlik qarzlarini undirish yo‘nalishlarini boshqarishni o‘z zimmasiga oladigan operatsion yuridik blok rahbarini izlayapmiz.
Bu lavozimda nafaqat huquq sohasini chuqur bilish, balki jamoani boshqarish, jarayonlarni yo‘lga qo‘yish va biznes uchun to‘laqonli hamkor bo‘lish ham muhim.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
- Operatsion yuridik blok va debitorlik qarzlarini undirish bo‘limiga rahbarlik qilish;
- Vazifalarni belgilash, ish yuklamasi va ustuvorliklarni taqsimlash, jamoa ishining muddatlari va sifatini nazorat qilish;
- Uzum Market va Uzum Tezkor’ni o‘z ichiga olgan E-Commerce biznesining kundalik yuridik ta’minotini tashkil etish;
- Murakkab va muhim yuridik masalalarni mustaqil ravishda hal qilish;
- Biznes jarayonlari, mahsulotlar va tijorat tashabbuslarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, yuridik xavflarni aniqlash va minimallashtirish;
- Shartnomaviy ishlarni tashkil etish: shartnomalar, ommaviy ofertalar, shablonlar va boshqa yuridik hujjatlar bilan ishlash;
- Debitorlik qarzlari bilan ishlashni hamda muhim sud va talabnoma ishlari bo‘yicha strategiyalarni nazorat qilish;
- Finance, Commercial, Operations, Product va boshqa jamoalar bilan biznesning yuridik hamkori sifatida hamkorlik qilish;
- Jamoaning rivojlanishini boshqarish: fikr-mulohaza berish, kompetensiyalarni rivojlantirish va kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Biz uchun muhim:
- Oliy yuridik ma’lumot;
- Yuridik jamoani / yo‘nalishni boshqarish tajribasi;
- Korporativ, tijorat yoki operatsion huquq sohasida katta tajriba;
- Shartnomaviy ishlar, sud va da’vo masalalari bilan ishlash tajribasi;
- Tizimli fikrlash, mustaqillik va ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilay olish;
- Jarayonlarni yo‘lga qo‘yish va biznes uchun to‘laqonli hamkor bo‘lish qobiliyati.
Biz nimalarni taklif qilamiz:
- Toshkent markazida shinam zamonaviy ofis;
- Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
- Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
- Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya.
- Joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar