Uzum People

Uzum logotipi
  • Savdo va kategoriya boshqaruvi
  • Uzum Market

Xususiy savdo belgisi (STM) bo‘yicha katta toifa menejeri

Toshkent • Ofis • 3 yildan boshlab

Uzum Market Fashion yo‘nalishidagi (kattalar va bolalar uchun kiyim-kechak va aksessuarlar) xususiy savdo belgisini rivojlantirish uchun fashion retail yoki e-commerce kompaniyalarida buyer, toifa menejeri, product manager yoki STM rahbari sifatida tajribaga ega mutaxassis izlamoqda.

Vakansiya Toshkentdagi ofisda ishlashni nazarda tutadi.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

- Fashion yo‘nalishidagi STM uchun tijorat, ishlab chiqarish va moliyaviy rejalarni ishlab chiqish;
- Assortiment matritsasi va segmentlar, liniyalar hamda brendlar bo‘yicha strategiyani shakllantirish;
- Assortimentni boshqarish: assortiment to‘liqligini tahlil qilish, bo‘sh bozor segmentlarini aniqlash, turli uslubiy va narx segmentlarini rivojlantirish;
- Bozordagi bo‘sh segmentlar va STM loyihasini rivojlantirish g‘oyalarini topish uchun bozor, raqobatchilar va xalqaro tajribani tahlil qilish;
- Yuridik bo‘lim, xaridlar bo‘limi, tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF), kontent, ombor, logistika, marketing, narx belgilash, mahsulot va boshqa tegishli bo‘limlar bilan hamkorlik qilish;
- Biriktirilgan tovar toifalarinii rivojlantirish, ularning samaradorligi va asosiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, reja ko‘rsatkichlarini bajarish: GMV, SKU bo‘yicha savdo, marja, price index va assortiment kengligi;
- Amaldagi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqaruvchilarni izlash, shartnomalar tuzish, elektron pochta va messenjerlar orqali ish yozishmalarini olib borish;
- Ko‘rgazmalar, fabrikalar va showroomlarga tashrif buyurish;
- STM bo‘yicha menejerlar va mutaxassislar jamoasini boshqarish.

Biz uchun muhim:

- Ishlab chiqarish jarayonlari, brendni yaratish, pozitsiyalash va rivojlantirish jarayonini tushunish
- Marketpleyslarda assortiment bilan ishlash jarayonlarini, jumladan, toifalar boshqaruvi xususiyatlari, mavsumiylik va moda tendensiyalari sikllarini tushunish;
- Yetkazib beruvchilar bilan ishlash, shartnomalar tuzish, muzokaralar olib borish va tijorat shartlarini boshqarish tajribasi;
- Assortiment matritsalari va toifa daraxti bilan ishlash tajribasi;
- Marketing kampaniyalari bilan ishlash, shartlarni kelishish va tovarlarni himoya qilish tajribasi;
- Marja va tovar aylanmasini oshirish uchun savdolarni tahlil qilish, bozor tendensiyalari va raqobatchilarni monitoring qilish ko‘nikmalari;
- Tovar zaxiralarini boshqarish tizimlari va ma’lumotlarni tahlil qilish dasturlarini (Excel, Power BI, 1C, SAP va boshqalar) bilish;
- Ingliz tilini mukammal bilish

Biz nimani taklif qilamiz:

- Toshkent markazida shinam zamonaviy ofis;
- Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
- Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
- Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya. Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000