Uzum People

Uzum logotipi
  • Moliya va buxgalteriya
  • Uzum Market

Uzum Market tovarlar hisobi bo‘yicha buxgalter

Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab

Biz kimni izlayapmiz:

Kundalik tovarlar hisobini yuritish, operatsiyalar, hujjatlar va 1C tizimidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga javob beradigan buxgalter izlayapmiz.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

- Tovarlarning buxgalteriya hisobini yuritish va operatsiyalarni 1C tizimida o‘z vaqtida aks ettirish;
- Tovarlarning kirim qilinishi va harakatlanishini nazorat qilish;
- Birlamchi hujjatlar, elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) va tovarlarga oid boshqa hujjatlarning to‘liqligi hamda to‘g‘riligini tekshirish;
- Ma’lumotlarni solishtirish, tafovutlarni aniqlash va bartaraf etish;
- Tovarlar hisobi bo‘yicha hisobot davrini yopishda ishtirok etish;
- Tovarlar hisobi masalalari bo‘yicha menejerlar va tegishli bo‘limlar bilan hamkorlik qilish;
- Excel’da katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash: formulalar va yig‘ma jadvallar.

Biz uchun muhim:

- Aynan tovarlar buxgalteriya hisobi bo‘yicha amaliy tajriba;
- Buxgalteriya hisobi asoslari va buxgalteriya provodkalarini tushunish;
- 1C tizimida ishonchli ishlash;
- Birlamchi hujjatlar va EHF bilan ishlash tajribasi;
- Ma’lumotlarni solishtirish va tafovutlarning sabablarini aniqlash ko‘nikmasi;
- E’tiborlilik, tizimli yondashuv va mas’uliyat;
- Ko‘p hajmdagi operatsiyalar bilan ishlash va belgilangan muddatlarga rioya qilishga tayyorlik;
- Ichki jarayonlar va tizimlarni o‘rganishga tayyorlik.

Afzallik bo‘ladi:

- Tovar ta’minoti bilan ishlash tajribasi;
- Tovarlar importi hisobini yuritish va BYUD bilan ishlash tajribasi;
- Qo‘shimcha xarajatlar: logistika, bojxona va boshqa xarajatlar hisobini yuritish tajribasi;
- Tovar hisobini realizatsiya hisobi bilan birlashtirgan kichik kompaniyada ishlash tajribasi.

Biz nimani taklif qilamiz:

- Toshkent markazida shinam zamonaviy ofis;
- Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
- Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
- Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya.
- Qo‘shimcha bonuslar: joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000