Uzum People

Uzum logotipi
  • Moliya va buxgalteriya
  • Uzum Tezkor

Moliyaviy tahlilchi (operatsiyalar)

Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab

Biz operatsion bo‘linmalarni moliyaviy tahlillar bilan qo‘llab-quvvatlaydigan, jarayonlar samaradorligini baholashga va xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradigan moliyaviy tahlilchini izlayapmiz. Bu e-commerce ekotizimida keng ko‘lamli vazifalar ustida ishlash orqali FP&A hamda moliyaviy biznes hamkorligi yo‘nalishlarida rivojlanish imkoniyati.

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

- Omborlar, logistika, BTP va kuryerlik yetkazib berish kabi operatsion bo‘linmalar uchun budjet va prognozlarni shakllantirishda ishtirok etish;
-Reja-fakt tahlilini o‘tkazish, tafovutlarni o‘rganish va natijalar bo‘yicha izohlar tayyorlash;
- Budjet ijrosini nazorat qilish va asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish;
- Operatsion jarayonlar va yangi tashabbuslar uchun moliyaviy modellarni ishlab chiqish hamda yangilashda ishtirok etish;
- Xarajatlarni tahlil qilish va biznes samaradorligini oshirish imkoniyatlarini izlash;
- Boshqaruv hisobotlarini tayyorlash va takomillashtirish, ularni biznes uchun yanada batafsil va foydali qilish;
- Operatsion jamoalar bilan hamkorlik qilish va moliyaviy ma’lumotlar asosida qarorlar qabul qilishga yordam berish;
- Katta moliyaviy biznes hamkor bilan birgalikda ishlash, uning tajribasidan o‘rganish va mas’uliyat doirasini bosqichma-bosqich kengaytirish.

Biz uchun muhim:

- Moliyaviy tahlil, FP&A, audit yoki turdosh yo‘nalishlarda kamida 1,5–2 yillik ish tajribasi;
- Budjetlashtirish, prognozlash va reja-fakt tahlili tamoyillarini tushunish;
- Moliyaviy va boshqaruv hisobotlari bilan ishlash tajribasi;
- Moliyaviy modellashtirish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar yoki ushbu yo‘nalishda faol rivojlanishga tayyorlik;
- Excel yoki Google Sheets’ni yaxshi bilish;
- Tahliliy fikrlash, tafsilotlarga e’tibor berish va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlay olish;
- Biznes jarayonlarini chuqur o‘rganish va turli jamoalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlik.

Afzallik bo‘ladi:

- E-commerce, chakana savdo yoki logistika sohasidagi tajriba, shuningdek, SQL va BI vositalarini bilish

Biz nimani taklif qilamiz:

- Tajribali hamkasblar rahbarligida FP&A va moliyaviy biznes hamkorligi yo‘nalishlarida rivojlanish imkoniyati;
- Mamlakatdagi eng yirik e-commerce ekotizimining keng ko‘lamli operatsion jarayonlari bilan ishlash;
- Budjetlashtirish, prognozlash, moliyaviy modellashtirish va xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha amaliy tajriba;
- Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish hamda mas’uliyat doirasini bosqichma-bosqich oshirish imkoniyati;
- Raqobatbardosh ish haqi va karyera o‘sishi imkoniyatlari;
- Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
- Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000