Financial Planning & Analysis bo‘yicha stajyor — Uzum Bank
Toshkent • Ofis • Tajribasiz
Moliya yo‘nalishida rivojlanishni, real mahsulot ko‘rsatkichlari bilan ishlashni va biznes tashabbuslarini baholashda ishtirok etishni istaydigan stajyor izlamoqdamiz.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
- Mahsulotlar bo‘yicha moliyaviy modellarni ishlab chiqishda yordam berish
- Moliyaviy natijalar va asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha taqdimotlar tayyorlashda ishtirok etish;
- Moliyaviy modellashtirish doirasida mahsulot tashabbuslarini baholashda yordam berish;
- Mahsulot tashabbuslari bo‘yicha plan-fakt tahlili va post-tahlil o‘tkazish.
Biz uchun nimalar muhim:
- Moliya, iqtisodiyot, biznes-analitika yoki yondosh yo‘nalishlarda ta’lim;
- Kuchli analitik va matematik ko‘nikmalar;
- Excel / Google Sheets’dan ishonchli darajada foydalana olish;
- Moliyaviy tahlilning asosiy tamoyillarini tushunish;
- Detallar va raqamlarga e’tiborli bo‘lish;
- Ma’lumotlarni tizimlashtira olish va bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifa bilan ishlash qobiliyati.
Nima taklif qilamiz:
- 6 oylik haq to‘lanadigan stajirovka;
- Haftasiga kamida 30 soatlik bandlik bilan gibrid ish formati;
- Real moliyaviy va mahsulot vazifalari bilan ishlash;
- Tajribali jamoa bilan birga ishlash va mentor ko‘magi;
- Stajirovka natijalariga ko‘ra jamoa ichida rivojlanishni davom ettirish imkoniyati.