Uzum People

Uzum logotipi
  • Maʼlumotlar bilan ishlash
  • Uzum Market

Middle+/Senior Antifraud Engineer

Toshkent • Masofaviy ish • 3 yildan boshlab

Nimalar bilan shug‘ullanasiz:

- Firibgarlik sxemalarini tekshirish;
- Yo‘qotishlarni tahliliy baholash va biznes pul yo‘qotayotgan sohalarni aniqlash;
- Anomal foydalanuvchi xatti-harakatlarini qidirish;
- Firibgarlik harakatlarining oldini olish usullarini ishlab chiqish va tegishli mantiqiy qoidalarni yozish;
- Antifrod metrikalarini belgilash va dashboardlar yaratish;
- Tadqiqotlar o‘tkazish va ular asosida biznes uchun hisobotlar tayyorlash;
- Himoya mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha mahsulot jamoalari bilan hamkorlik qilish.

Biz uchun muhim:

- Shu kabi lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasi;
- SQL’da tahliliy vazifalarni ishonchli bajara olish (oyna funksiyalari, murakkab JOIN so‘rovlari, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash);
- Ma’lumotlarni tahlil qilish uchun Python (Pandas va muqobillari);
- Antifrod yoki axborot xavfsizligi sohasida ish tajribasi — majburiy;
- Antifrod tizimlarining ishlash tamoyillarini tushunish: qoidalar, skoring, qo‘lda tekshirish va qayta aloqa;
- Yo‘qotishlarni hisoblash va antifrod metrikalarini belgilay olish;
- Dashboardlar va monitoring tizimlarini yaratish;
- ML, Trino, Airflow bilan ishlash tajribasi qo‘shimcha ustunlik beradi;
- E-commerce sohasida antifrod bo‘yicha tajriba qo‘shimcha ustunlik beradi;
- Mustaqillik: muammoni aniqlash va uni hal qilish usullarini taklif qila olish;
- Tizimli fikrlash: alohida holatlar bilan cheklanmay, butun sxemani yaxlit ko‘ra olish;
- Mahsulot jamoalari bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalari;
- Tadqiqot natijalarini sodda tilda va raqamlar orqali tushuntira olish.

Biz nimani taklif qilamiz:

Dunyoning istalgan nuqtasidan masofadan ishlash yoki Toshkentdagi shinam ofis;
Bizda muhandislik yoki boshqaruv yo‘nalishida o‘sish mumkin, shuningdek performance’ni muntazam baholash tizimi ishlab chiqilgan,
Rossiya bozorining yetakchi kompaniyalari darajasida to‘laymiz
Ta’lim va rivojlanish — biz kompaniya ichida ham, tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaymiz (mitaplar, konferensiyalar, professional ta’lim, maqolalar). Bundan tashqari, shaxsiy brendni rivojlantirishga yordam beramiz
Baza —zo‘r ishlash istagi bo‘lgan professionallar hamjamiyati. Yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘langan ITS, trening va boshqa qulayliklar.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000