Grafik dizayner — Uzum Holding
Toshkent • Gibrid • 3 yildan boshlab
Biz kimni izlayapmiz:
Taqdimotlar, PR materiallari va korporativ poligrafiya mahsulotlari ustida ishlaydigan grafik dizayner izlayapmiz. Bizga ham raqamli, ham jismoniy formatlar bilan ishlay oladigan mutaxassis kerak: nashrlar va infografikalarni bezashdan tortib, merch dizaynini ishlab chiqish va maketlarni chop etishga tayyorlashgacha.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
- Taqdimotlarni ishlab chiqish va bezash, ma’lumotlarni vizuallashtirish hamda infografikalar yaratish.
- Press-relizlar uchun muqovalar va illustratsiyalar, Telegram, LinkedIn va OAVdagi maqolalar uchun grafik materiallar yaratish.
- Korporativ merch, sovg‘alar, tabriknomalar va boshqa brendlangan mahsulotlar dizaynini ishlab chiqish.
- Texnik talablarni hisobga olgan holda maketlarni chop etish va ishlab chiqarishga tayyorlash.
- Konferensiyalar va tadbirlar uchun stendlar, beydjlar va boshqa materiallar dizaynini yaratish.
- Tayyor maketlarni turli formatlar va tashuvchilarga moslashtirish.
- Ichki buyurtmachilar bilan hamkorlik qilish, vazifalarga qo‘yilgan talablarni aniqlashtirish va vizual yechim variantlarini taklif qilish.
- Zarurat tug‘ilganda materiallarni tezkor takomillashtirish va qisqa muddatlarda tuzatishlar kiritish.
Biz uchun muhim:
- Grafik dizayner sifatida kamida 3 yillik ish tajribasi.
- Taqdimotlar, marketing va PR grafikasi, poligrafiya yoki merch namunalari mavjud portfolio.
- Adobe Illustrator, Photoshop va Figma dasturlarini puxta bilish.
- Taqdimotlarni tayyorlash uchun PowerPoint va/yoki Keynote dasturlarini puxta bilish.
- Maketlarni chop etishga tayyorlash bo‘yicha amaliy tajriba va poligrafiya ishlab chiqarish talablarini tushunish.
- Kompozitsiya, tipografika, ranglar va vizual iyerarxiyani yaxshi tushunish.
- Vazifalar bilan mustaqil ishlay olish: talablarni aniqlashtirish, yechimlar taklif qilish va maketlarni yakuniy natijagacha yetkazish.
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifa bilan ishlash va belgilangan muddatlarga rioya qilish ko‘nikmasi.
- Jamoaning shoshilinch so‘rovlariga tezkor javob berishga, ayrim hollarda standart ish vaqtidan tashqarida ham ishlashga tayyorlik.
Qo‘shimcha ustunlik beradi:
- Kompaniya ichida (in-house), ayniqsa marketing, PR yoki korporativ kommunikatsiyalar jamoalarida grafik dizayner sifatida ishlash tajribasi.
- Merch dizaynini ishlab chiqish, bosmaxonalar va ishlab chiqarish bo‘yicha pudratchilar bilan ishlash tajribasi.
- Animatsiya va motion design bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar.
- Tasvirlarni yaratish va qayta ishlash uchun AI vositalaridan foydalanish tajribasi.
- Yirik tadbirlar uchun vizual materiallar yaratish tajribasi.
Biz nimani taklif qilamiz:
- Toshkent markazidagi qulay ofis.
- Karyera rivoji — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar yaratamiz.
- Top kompaniyalar darajasidagi maosh.
- O‘ziga xos korporativ madaniyat — startap ruhini saqlab qolgan holda, yetuk ish jarayonlarini yo‘lga qo‘yganmiz.
- Chuqur kasbiy bilim va tajriba qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash.
- Dress-kod yo‘qligi va ortiqcha byurokratiyaning mavjud emasligi.
- Yoqimli bonuslar — yashash joyingizga moslashtirilgan sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.
Biz nimani taklif qilamiz:
- Toshkent markazida shinam zamonaviy ofis;
- Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
- Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
- Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya.
- Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar.