Buxgalter-g‘aznachi — Uzum Market
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Biz kimni izlayapmiz:
Uzum jamoasiga buxgalter-g‘aznachi izlayapmiz. U chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish, bank hisobvaraqlari va ko‘chirmalari bilan ishlash, shuningdek, moliyaviy hujjatlar aylanishini yuritish uchun mas’ul bo‘ladi. Bizga «Bank-mijoz» tizimida amaliy ish tajribasiga, buxgalteriya hisobi bo‘yicha bilimlarga va moliyaviy operatsiyalarga sinchkovlik bilan yondashadigan mutaxassis kerak.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
- Kelib tushgan so‘rovlar asosida (ijara, kommunal xizmatlar va kompaniyaning boshqa xarajatlari) to‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish va amalga oshirish.
- «Bank-mijoz» tizimi / internet-banking orqali chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish.
- Bank ko‘chirmalarini yuklash va qayta ishlash, operatsiyalarni hisob tizimida aks ettirish.
- Bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari qoldiqlarini nazorat qilish.
- To‘lov rekvizitlarining to‘g‘riligini va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini tekshirish.
- MySoliq va Didox orqali elektron hujjatlar aylanishi bilan ishlash: hujjatlarni yuborish va qabul qilish.
- Holding uchun pul mablag‘lari harakati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
- Shoshilinch to‘lovlarni tezkor qayta ishlash va joriy moliyaviy vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash.
Biz uchun muhim:
- Bank operatsiyalari va «Bank-mijoz» tizimi / internet-banking bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba.
- To‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish va bank ko‘chirmalarini yuklash ko‘nikmasi.
- Buxgalteriya hisobini bilish va hisobvaraqlar rejasini tushunish.
- Bank operatsiyalarini hisobga olish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tamoyillarini tushunish.
- Elektron hujjatlar aylanishi bilan ishlash tajribasi.
- Tafsilotlarga e’tibor, mas’uliyat va intizom.
- Bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarish va shoshilinch topshiriqlarga tezkor javob berish ko‘nikmasi.
Qo‘shimcha afzallik bo‘ladi:
- Excel dasturini ishonchli darajada bilish, jadvallar va ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari.
- Word dasturida ishlash va ish yozishmalarini tayyorlash ko‘nikmasi.
- Holding tuzilmalari uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tajribasi.
- MySoliq va Didox tizimlarida ishlash tajribasi.
Biz nimani taklif qilamiz:
- Toshkent markazida shinam zamonaviy ofis;
- Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar beramiz;
- Yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
- Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
- Dress-kod yo‘q va minimum byurokratiya.
- Yoqimli bonus — joylashuvingizga bog‘langan salomatlik dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa yoqimli bonuslar.