Senior/Lead Product Manager — hamkorlik mahsuloti (Uzum Tezkor)
Toshkent • Masofaviy ish • 6 yildan boshlab
Uzum Tezkor — Uzum ekotizimining bir qismi bo‘lgan, O‘zbekistonda oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish xizmati. Uzum xizmatlaridan har oy 20 milliondan ortiq kishi foydalanadi, bu O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘prog‘i. Butun kompaniyaning qiymati 2,3 milliard dollarga baholanadi.
Biz hamkorlar uchun mahsulot yo‘nalishi rahbarini izlayapmiz. Siz restoranlar, do‘konlar va dorixonalarning platforma bilan qanday ishlashi uchun mas’ul bo‘lasiz: hamkorlarni ulash va menyularni boshqarishdan tortib, taomlarni tayyorlash tezligi va reklama vositalarigacha. Yo‘nalish strategiyasini mustaqil shakllantirasiz, Product Manager’ni boshqarasiz va maxsus ajratilgan dasturchilar hamda dizaynerlar jamoasi bilan ishlaysiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
- 6-12 oyga mo‘ljallangan hamkor mahsulot strategiyasi va roadmap’ni ishlab chiqish hamda himoya qilish, ularni P&L bilan aniq bog‘lash.
- Hamkorlik mobil ilovasi va veb-kabinetni rivojlantirish
- Assortiment mavjudligini oshirish: stop-listlar, hamkor aybi bilan bekor qilinadigan buyurtmalar va ish vaqtida savdo nuqtalarining ishlamay qolish holatlarini kamaytirish.
- Jamoadagi Product Manager’ni hamkorlar uchun mahsulotning alohida yo‘nalishini mustaqil boshqaradigan mutaxassis darajasigacha rivojlantirish.
- Hamkorlar bilan muntazam discovery jarayonini yo‘lga qo‘yish: intervyular, joylarga tashriflar va fikr-mulohazalarni tizimli tahlil qilish.
- Operatsiyalar, tijorat va hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamoalari bilan muntazam hamkorlik qilish.
Biz uchun muhim:
- Mahsulot strategiyasini ishlab chiqish tajribasi: yo‘nalish metrikalari daraxtini shakllantirish, uni kompaniya metrikalari bilan bog‘lash, roadmap tuzish va tashabbuslarning hissasini baholash.
- Yangi raqamli mahsulotlar yoki muhim foydalanuvchi ssenariylarini noldan ishga tushirish tajribasi.
- Mahsulotning dastlabki bosqichida ishlash ko‘nikmasi: asosiy noaniqliklarni aniqlash, ularni tezda tekshirish va yangi ma’lumotlar paydo bo‘lganda qarorlarni qayta ko‘rib chiqish.
- Kuchli mahsulot tahlili: SQL, voronkalarni qurish, buyurtma va hamkorning unit-iqtisodiyotini hisoblash.
- B2B mahsulotlari bilan ishlash tajribasi: hamkorlar kabinetlari va ilovalari, POS va hisob tizimlari bilan API orqali integratsiyalar.
Nega bu qiziqarli:
- Siz butun yo‘nalish uchun mas’ul bo‘lasiz: strategiya, jamoa va ko‘rsatkichlar.
- G‘oyadan qarorgacha qisqa yo‘l: bu lavozim CPO’ga bo‘ysunadi, ortiqcha kelishuv bosqichlari yo‘q.
- Noyob madaniyat — startap ruhi saqlanib qolgan, shu bilan birga yetuk jarayonlar yo‘lga qo‘yilgan;
- Chuqur bilim qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoalarida ishlash
Biz nimani taklif qilamiz:
- Toshkentdagi shinam ofis.
- Rossiya bozoridagi top kompaniyalar darajasidagi maosh.
- Boshqaruv yo‘nalishida o‘sish va ish samaradorligini muntazam baholash.
- Kompaniya ichida va undan tashqarida ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlash: mitaplar, konferensiyalar va kasbiy kurslar.
- ITS va boshqa bonuslar