Service Manager
Toshkent • Ofis • 1 yildan boshlab
Uzum Bank chakana biznesiga doir qo‘lda bajariladigan amaliyotlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash: mijozlarni oflayn identifikatsiyadan o‘tkazish, kartalar va hisob raqamlar bo‘yicha ma’lumotnomalar hamda ko‘chirmalar tayyorlash, raqamli kanallar orqali hal etilmaydigan nostandart so‘rovlarni ko‘rib chiqish.
Asosiy vazifalar
- Mijozlarni oflayn identifikatsiyadan o‘tkazish
- Kartalar va hisob raqamlar bo‘yicha ma’lumotnomalar hamda ko‘chirmalar tayyorlash
- Chakana amaliyotlar va so‘rovlarni qo‘lda ko‘rib chiqish
- Hisob yuritish, hisobot tayyorlash va jarayonlarni takomillashtirish
- Tartib-qoidalar va xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish
Hard Skills:
- Mijozlarni identifikatsiya qilish tartib-qoidalari, КУС va ПОД/ФТ/ФРОМО talablarini bilish.
- Chakana bank mahsulotlarini tushunish: kartalar (Humo, Uzcard, Visa), hisob raqamlar, depozitlar, pul o‘tkazmalari.
- ABT va bankning ichki tizimlari, elektron hujjat aylanishi bilan ishlash.
- Rasmiy hujjatlar, ma’lumotnomalar va xatlarni rus va o‘zbek tillarida tayyorlash.
- Excel/Google Sheets (reestrlar, solishtirishlar, hisobotlar); bundan tashqari - Jira/Confluence dasturlarida ishonchli ishlash ko‘nikmasi.
Soft Skills:
- Hujjatlar bilan ishlashda tafsilotlarga e’tiborli va tartibli bo‘lish.
- Intizom va muddatlarga rioya qilish, reglament bo‘yicha ishlash qobiliyati.
- Mijozlar bilan muloqot qila olish va ularga xizmat ko‘rsatishda xushmuomala bo‘lish.
- Bir xil turdagi vazifalarning katta oqimida stressga chidamlilik.
- Tashabbuskorlik: takrorlanuvchi qo‘l operatsiyalarini payqay olish va ularni avtomatlashtirishni taklif etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Bank yoki fintech sohasida 1-2 yillik ish tajribasi: operatsion xizmat ko‘rsatish, front- yoki bek-ofis, mijozlar murojaatlarini ko‘rib chiqish
- Mijozlarni identifikatsiya qilish va КУС hujjatlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba
- Chakana banking jarayonlari hamda karta va hisobvaraqlarning hayotiy davrini bilish
- Excel bilan ishlash qobiliyati; Jira va Confluence'ni bilish — afzallik bo‘ladi
- Rus va o‘zbek tillarini (shu jumladan, lotin alifbosidagi ish yozishmalarini) mukammal bilish
Aloqa markazi, operatsion va yuridik bo‘linmalar bilan o‘zaro hamkorlik tajribasi