Uzum People

Uzum logotipi
  • Xavfsizlik va infratuzilma
  • Uzum Bank

Network Engineer/Tarmoq muhandisi

Toshkent • Gibrid • 6 yildan boshlab

Uzum — bu O‘zbekistondagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa yechimlarni taqdim etuvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan yangi va noyob kompaniya.

Uzum Bank — mamlakatning yetakchi raqamli banki. Millionlab foydalanuvchilar tovarlar, xizmatlar va kommunal to‘lovlarni amalga oshiradi, pul o‘tkazadi va naqd pul yechib oladi. 30 million so‘mgacha bo‘lib to‘lash va mikroqarzlar, xaridlar uchun keshbek hamda Uzum ekotizimining eksklyuziv takliflari mavjud.

Uzum Nasiya — mamlakatdagi eng yirik bo‘lib to‘lash xizmati. Biz mijozlarga tovarlarni hozir xarid qilish va ularning qiymatini ortiqcha to‘lovlarsiz qismlarga bo‘lib to‘lash imkonini beramiz.

Nima bilan shug‘ullanasiz:

  • 24/7 rejimida ishlaydigan, yuqori darajadagi ishonchlilik va uzluksizlikni ta’minlovchi ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini sozlash va qo‘llab-quvvatlash;

  • Tarmoq uskunalarini monitoring qilish va konfiguratsiyalash tizimlarini boshqarish;

  • Arista, Cisco va Palo Alto uskunalari asosida tarmoq infratuzilmasini yaratish va qo‘llab-quvvatlash;

  • Tarmoq IT-infratuzilmasi servis va komponentlari bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish va yuritish;

  • Tarmoq va uskunalarning uzluksiz ishlashini monitoring qilish;

  • Rejali texnik ishlar hamda avariyadan keyingi tiklash ishlarining bajarilishini nazorat qilish;

  • Nosozliklar va noodatiy vaziyatlarning sabablarini aniqlash hamda bartaraf etish (troubleshooting);

  • Tizimlarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.

Biz uchun nimalar muhim:

  • CCNP darajasida tarmoq protokollari va texnologiyalarini bilish hamda ular bilan ishlash tajribasi (sertifikat talab qilinmaydi, bilim va amaliy tajriba muhim);

  • CCNA Security darajasida tarmoq xavfsizligini ta’minlash talablarini bilish;

  • Cisco / Arista data-markaz kommutatorlari hamda Palo Alto / Fortinet tarmoqlararo ekranlari (NGFW) bilan amaliy ishlash tajribasi;

  • Spine/Leaf arxitekturasi, VXLAN/EVPN fabric tarmoqlarini qurish texnologiyalari bilan ishlash tajribasi;

  • HAProxy / Nginx trafik balanslagichlarini boshqarish va ulardagi nosozliklarni bartaraf etish tajribasi.

Ustunlik bo‘ladi:

  • Python / Ansible yordamida muntazam va takrorlanuvchi vazifalarni avtomatlashtirish tajribasi;

  • IaC tamoyillarini tushunish va CI/CD vositalari bilan tanish bo‘lish.

Nima taklif qilamiz:

  • Tajribasi bilan doimo bo‘lishishga tayyor kuchli texnik jamoa. Jamoamizda yetakchi IT-kompaniyalarda faoliyat yuritgan tajribali mutaxassislar ishlaydi;

  • Kuchli mahsulot madaniyati. Qarorlarni tadqiqotlar va metrikalarga asoslanib qabul qilamiz, asosiy e’tiborni natijaga qaratamiz;

  • Mustaqil qaror qabul qilish va biznes rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;

  • Tanlovingizga ko‘ra gibrid yoki masofaviy ish formati — biz uchun eng muhimi natija;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

  • Ta’tilga qo‘shimcha uchta haq to‘lanadigan kun;

  • Biz IT Park rezidentimiz, shu sababli mutaxassislarimiz yashash guvohnomasiga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;

  • Konferensiyalar, mitaplar va ichki tadbirlarda shaxsiy brendingizni rivojlantirish imkoniyati.

Vakansiyaga javob

HeadHunter, Linkedin, Github yoki boshqalar
yoki
0/1000